O‘zbekistonda 3-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127 kishiga ko‘payib, 9326 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 93 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida,
- 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida),
- 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 3137 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi bir kunda 17 937 ta, umumiy hisobda esa 1 246 691 ta test o‘tkazildi.
Izoh (0)