• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchiligini takomillashtirish rejalashtirilmoqda

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan “‘Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Agentlik direktorining maslahatchisi Dilshod Azimov “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Uning ta’kidlashicha, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikning samarasizligi ushbu sohadagi qonun normalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘plab va takroran buzilishiga olib kelmoqda hamda ushbu qonun buzilishlari uchun javobgarlikning samarali usullarini qo‘llashning imkonini bermayapti.

    Bundan tashqari, iste’molchilar, elektron tijorat subyektlari va boshqa ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish normalarini nazarda tutgan holda belgilangan elektron tijorat qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlikka doir O‘zbekiston qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan.

    Ishlab chiqilgan qonun loyihasining vazifalari iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga solish, qonun buzilishi holatlarining oldini olish va bartaraf etish hisoblanadi. Ushbu loyiha bir qator muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

    Birinchidan, iste’molchilarga taqdim etilayotgan (etilishi lozim bo‘lgan) axborotlarning davlat tilida bo‘lishi. Jumladan, “Davlat tili haqida”gi (yangi tahrir) qonun talablari va xorijiy davlatlar (Koreya, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Isroil) tajribasi tahlilidan kelib chiqqan holda, iste’molchiga ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi, tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish majburiyati, iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasida tuziladigan yozma shartnomalarning matni davlat tilida rasmiylashtirilishi va tomonlarning kelishuviga muvofiq boshqa tillarda ham tuzilishi mumkinligi, shuningdek, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini matni davlat tilidan boshqa tillarda rasmiylashtirilgan shartnomani imzolashga qistashga va undashga haqli emasligi to‘g‘risidagi yangi normalar kiritilmoqda.

    Ikkinchidan, nodavlat organlarining iste’molchilar huquqlarining himoya qilish borasidagi faoliyatlarini qonunda aks ettirish. Jumladan, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari tomonidan iste’molchilar huquqlarining himoya qilishi yo‘nalishidagi vazifalari, huquqlari hamda ularning o‘zaro va vakolatli davlat organlari bilan hamkorligi.

    Uchinchidan, buzilgan huquqlarni sudgacha ko‘rib chiqish tartibini belgilash. Jumladan, iste’molchilarning huquqlari buzilishi bilan bog‘liq nizolarni sudgacha hal qilishning huquqiy asoslari, iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilishning o‘ziga xos jixatlari, elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari.

    To‘rtinchidan, iqtisodiy sanksiyalarni joriy etish. Ya’ni, qonun hujjatlarini buzganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tegishliligi bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash.

    Dilshod Azimovning qayd etishicha, qonun loyihasini tayyorlashda 20 dan ortiq davlatlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, elektron tijoratni tartibga soluvchi qonunlari hamda BMT, Yevropa Ittifoqining xalqaro hujjatlari o‘rganilgan.

    Xususan, xorijiy davlatlar (Xitoy, Koreya, Isroil, Buyuk Britaniya, Germaniya), MDH davlatlari (Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Azarbayjon, Belorussiya) qonunlari, BMTning 2015-yil 22-dekabrdagi “Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha” rahbarlik qiluvchi tamoyillari va boshqa hujjatlar tahlil qilinib, ulardagi iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni O‘zbekiston qonunchiligiga qo‘llash amaliyoti o‘rganilgan.

    Shuningdek, elektron tijorat sohasida 2019-yil 1-yanvardan Xitoyda kuchga kirgan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun, Irlandiya (2000-yil), Buyuk Britaniya (2000-yil), Singapur (1998-yil) qonunlari, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Elektron tijorat sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning umumiy tamoyillari ham chuqur tahlili qilingan.

    “Bundan 24 yil oldin qabul qilingan qonunda iste’mochilar huquqlarini himoya qilish sohasida nizolarni sudga qadar hal etish tartibini hamda savdoning zamonaviy usullarida (elektron tijdoratda) iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali shakllari mavjud emas”, — deydi Dilshod Azimov.

    Amaldagi qonunchilikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida nizolarni sudgacha hal etish tartibi ko‘zda tutilmagan. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning huquq munosabatlariga, xususan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarga, shuningdek, individual nizolariga tatbiq etiladi. Ushbu qonun normasi nizolarni sudgacha hal etish tartibini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ham foydalanish imkonini beradi. Biroq buning uchun, Dilshod Azimovning qayd etishicha, nizolarni sudgacha hal etish huquqini bevosita “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritish zarurati mavjud.

    Taqqoslash uchun, Rossiya “Rossiya Federatsiyasining 2030-yilga qadar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining strategiyasini amalga oshirish” bo‘yicha tadbirlar rejasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yuzaga keladigan nizolarni tartibga solish maqsadida mediatsiya tartibini yanada kengroq joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish nazarda tutilgan.

    “Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iste’molchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilishni tartibga solish, shu jumladan ushbu sohadagi qonun buzilishi holatlarining oldini olish va to‘xtatishni ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ushbu sohadagi mas’uliyati va javobgarligini oshirishga va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning va taqdim etilayotgan xizmatlarning jahon bozorida raqobatbardoshliligini oshirish, jamoatchilik nazoratini takomillashtirishga, jamiyatda davlat tilining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi”, — deydi agentlik direktorining maslahatchisi Dilshod Azimov.

    24.06.2020, 13:25   Izoh (0)   11455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: O‘zbekistonlik harbiylarning G‘alaba paradidagi chiqishi

    24.06.2020, 12:51

    Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olindi

    24.06.2020, 12:41

    Video: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradiga yetib keldi

    24.06.2020, 12:34

    O‘zbekistonda bir kechada 93 kishida koronavirus tasdiqlandi

    24.06.2020, 10:02

    Qarshida 5 qavatli binoning temir-beton konstruksiyalari qulab tushdi. Bir kishi halok bo‘ldi

    24.06.2020, 09:33

    O‘zbekiston meva-sabzavotlari Myanma va Gana mamlakatlariga eksport qilinadi

    24.06.2020, 08:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.