O‘zbekistonda 24-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 93 kishiga ko‘payib, 6755 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 23-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra 6662 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining
- 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida,
- 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida),
- 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida)
“Hozirda mamlakatimizda 2176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4560 nafari (68 foizi) sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)