Orient Finans Bank raisi Bobur Parpiyev muddatidan avval lavozimini tark etdi. Tegishli qaror bank aksionerlarining aprel oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan. May oyida esa Bobur Parpiyevning vakolatlari iyun oyining o‘rtasigacha uzaytirilgan. Bu haqda Spot xabar berdi.
Bankni 19-iyundan boshlab rasman Tohir Junaydullayev boshqarmoqda. U 2016-yildan buyon bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bankka 2016-yildan buyon rahbarlik qilgan Bobur Parpiyev bankning kuzatuv kengashiga rahbar bo‘ldi.
Bank matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, bank kengashi tuzilgan, bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Sherzod To‘yboyev tayinlangan. Qayd etilishicha, bank 19-iyun kuni 10 yoshga to‘lgan.
Izoh (0)