Markaziy bank 23-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20 so‘m 86 tiyinga ko‘tarilib, 10 173 so‘m 76 tiyinni tashkil qildi. Yevro esa 56 so‘m 89 tiyinga tushib, 11 368 so‘m 0,6 tiyin bo‘ldi.
Shuningdek, rubl kursi ham 1 so‘mga ko‘tarilib, 146 so‘m 39 tiyinga yetgan.
Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki may oyida o‘zbek so‘mi kursi 0,15 foizga qadrsizlanganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollardan oshdi
Izoh (0)