• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi

    MyWay rivojlanish va kasbga yo‘naltirish markazi rahbari, OLX Uzbekistan kompaniyasining sobiq bosh direktori Vyacheslav Kan koronavirus infeksiyasini yuqtirib, uni qanday yengib o‘tgani, shuningdek, ayrim xulosalari haqida o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali bo‘lishdi. “Kun.uz” nashri Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan tadbirkor deputatning boshdan kechirganlari va xulosalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, taqdim etdi.

    Foto: Facebook / Vyacheslav Kan

    Foto: Facebook / Vyacheslav Kan
    Men koronavirusga chalinib, davolanib chiqdim. Ha, biroz kutilmagan holdek eshitilar, lekin bu sodir bo‘ldi. Bu murakkab davrda boshqa insonlarga nafi tegishi uchun o‘z tajribam va xulosalarim haqida o‘rtoqlashishga qaror qildim.

    Fevral oyidan buyon Rossiyadaman. O‘zbekiston 16-martdan boshlab aviaqatnovlarni to‘xtatgani uchun Toshkentga qaytishga ulgurmadim. Shu sababli 20-martda Sankt-Peterburgdagi o‘qishim tugagach, Moskvadagi yaqinlarimnikiga ko‘chib o‘tdim. Men bu yerda karantinga qat’iy rioya qildim. Hech joyga chiqmadim, hech kim bilan aloqa qilmadim. Shu sababli COVID-19 bilan kasallanishimni mutlaqo kutmagan edim.

    Xo‘sh, unda bu qanday sodir bo‘ldi?

    Bir-ikki marta bizga qo‘shni turadigan qarindoshlarimiznikiga mehmonga chiqqan edik. Ulardan biri (u ishga qatnardi) birinchi bo‘lib kasal bo‘ldi. Bir necha kun o‘tgach, menda ham alomatlar sezildi.

    1-xulosa: Garchi ehtiyot choralarini ko‘rayotgan bo‘lsangiz ham, o‘zingizni izolyatsiya qilgan bo‘lsangiz ham, infeksiya yuqtirgan inson bilan birgina aloqadayoq yuqtirib olish mumkin ekan. Hozir, karantin choralari yumshatilgach, ko‘plab insonlar bamaylixotir sayr qilib yurishibdi, bir-birlari bilan yaqin muloqotga kirishishgan, lekin ular o‘zlari va boshqalarni tahdidga qo‘yishmoqda.

    Hammasi qanday boshlandi, alomatlar qanday namoyon bo‘ldi?

    25-may kuni ertalab yugurayotib, pulsim odatdagidan yuqoriroq ekanligiga e’tibor qildim, garchi sekingina yugurayotgan edim. Keyinroq haroratim ko‘tarila boshladi — 37,5 daraja, holsizlana boshladim. Kasallik yuqtirgan inson bilan aloqada bo‘lganimni bilardim, shu sababli poliklinikaga qo‘ng‘iroq qildik, vrachlar kelishdi, ko‘rik o‘tkazishdi, immunitetni oshiruvchi bepul dori yozib berishdi va testga surtma olish uchun yana kelishlarini aytishdi.

    2-xulosa: Kasallik alomatlari arzimas va bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin. Boshqa holatda, agar virus tashuvchisi bilan aloqada bo‘lmaganimda, men ehtimol (ayniqsa, yolg‘iz o‘zim yashaganimda) kasalxonaga murojaat ham qilmas edim, chunki alomatlar u qadar ko‘zga tashlanmayotgan edi. Alomatlarni gripp yoki oddiy shamollash bilan adashtirish juda oson. O‘z holatingizga diqqatliroq bo‘lish, gumon yoki o‘xshash alomatlar bo‘lsa, shifokorlarga murojaat qilish kerak.

    3-xulosa: Alomatlar sezilmas yoki arzimas bo‘lgan chog‘da ko‘plab insonlar kasallikni boshdan kechirayotgan yoki o‘zlari bilmagan holda virus tashuvchilar bo‘lib qolishi mumkin. Men gumon qilamanki, mana shunday insonlar juda ko‘p, chunki kasalligidan shubha qilmaydigan va vrachlarga murojaat qilmagan bunday insonlardan hech kim test olmaydi. Xullas, real vaziyat statistikadan butkul farqlanishi mumkin.

    Ana shunday insonlardan biri siz bilan aloqaga kirishgan bo‘lsa nima bo‘ladi?

    Davolanish qanday kechdi?

    Avvaliga kasallar bilan hech kimning ishi yo‘qdek, davolash tashkilotida qandaydir tartibsizlik bordek tuyildi. Hech kim vahimaga tushgani yo‘q, “qizil” hudud rejimini joriy etgani yo‘q, “mahalla”ni ihotalab olgani yo‘q, huzurimizga uchastka nozirlarini jo‘natgani yo‘q. Bu, albatta, yaxshilikka — ortiqcha vahima va stress nega ham kerak? Rossiyada barcha kasallarni qamrab olishga yetarli resurs ham bo‘lmasa kerak.

    Testim musbat chiqqach, bazaga kiritishdi va O‘zbekiston fuqarosi ekanligim, sug‘urta polisim yo‘qligiga qaramasdan hisobga qo‘yishdi, bepul dorilar yozib berishdi.

    Yaqinlarimning barchasiga karantin haqida qaror chiqarib berishdi. Monitoring uchun geolokatsiya doimo yoqilgan turishi kerak bo‘lgan maxsus ilovani telefonga o‘rnatish kerak edi. SMSlar muntazam kelib turadi — suratga tushib, fotoni ularga jo‘natish kerak.

    Davolash asnosida shifoxonadan shifokorlar (ko‘pincha bir kishi) kelib, oddiy tekshiruv o‘tkazardi: o‘pkani eshitardi, qon bosimni va barmoqqa datchik o‘rnatib, menimcha qondagi kislorod miqdorini o‘lchardi. Har kuni mahalliy shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, sog‘lig‘imni surishtirib turishdi, ikki kunda bir marta Moskva shahri sog‘liqni saqlash departamentidan shifokorlar hol so‘rab turishdi. Ularning saytida ham qayddan o‘tib, shaxsiy kabinet ochishga to‘g‘ri keldi, u yerda maslahat olib turish (hattoki videoaloqa shaklida), fayllarni yuklash va h.k. ishlarni qilish mumkin.

    4-xulosa: Kasallikni yengil shaklini boshdan kechirayotgan bemorlarni uyda davolash mumkin va lozim. Bu resurslarning iqtisod bo‘lishiga (O‘zbekistonda 32 million so‘m sarflanmoqda) olib keladi va bemor uchun ham og‘rig‘i kam. Monitoring qilishning onlayn tizimlarini joriy etish kerak. O‘zbekiston uchun, masalan, kamida Telegram-bot yaratish mumkin. Rossiyadagidek ilovani qilish ham u qadar murakkab ish emas. Fikrimcha, hozir 1-2 nafar kasalga sarflanayotgan xarajatlar yetarli bo‘lardi.

    Shifokorlar... Bu muhim va olijanob kasb vakillari haqida alohida e’tirof etmasam bo‘lmas. Shifokorlarning hech biridan men qo‘rslik va iltifotsizlik ko‘rmadim. Menga Rossiya emas, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganim uchun ham boshqacharoq e’tibor qilishdi. Hattoki telefon orqali muloqotlarda ham xushmuomalalik va qayg‘urish sezilib turdi, garchi bu ularning shu kungi bir yuz nechanchi qo‘ng‘irog‘i bo‘lsa ham. Bularning barchasiga ular o‘z salomatligi va hayotini tikishgani, og‘ir sharoitlarda ishlashayotganini qo‘shing — himoya kombinezonlari havo o‘tkazmaydi, yopiq niqoblarda esa nafas olish qiyin. Menga hattoki doimo xushchaqchaq kayfiyatda yurgan, hazilkash mahalliy shifokorlar ham uchradi. Ularning barchasiga mehnati va jonbozligi uchun katta tashakkur bildiraman!

    5-xulosa: Shifokorlarni qadrlash va hurmat qilish kerak. Pandemiyaga qarshi bu murakkab kurashda ularga yordam berish uchun qo‘limizdan keladigan eng yaxshi ish — ehtiyot choralarini ko‘rib, kasal bo‘lmaslik.

    Menda kasallik yengil shaklda o‘tgani omadim bo‘lsa kerak. Umuman olganda, davolash chog‘ida biror qiyinchilik bo‘lgani yo‘q — dorilarni ichish, sog‘liqqa e’tibor berish, agar zarurat tug‘ilsa, tomoqni chayish, burun va tomoqlar uchun spreylardan foydalanish, xullas, odatda yo‘tal, shamollash qanday davolansa — barchasi. Ba’zan holsizlik iskanjaga oldi, ba’zan bosh og‘rig‘i bezovta qildi, bir necha kunga hid bilish qobiliyatim yo‘qoldi. Lekin bularning barchasi menga ishlashda xalaqit bera olgani yo‘q, yaxshiyamki, ishimni masofadan turib, internet orqali bajara olaman.

    Umid qilamanki, men yaqin orada Toshkentga — sevimli oilam bag‘riga qaytaman. Kelgan chog‘imda karantin hududida yotmayman, chunki koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorga 2,4 million so‘m sarflashdan ma’ni yo‘q. Yaxshisi bu muddatni uydagi karantinda o‘tkazaman.

    6-xulosa: Buni ko‘proq taxmin desa ham bo‘ladi. Samarali vaksinani qachon ixtiro qilishlari haqida ko‘p yozishmoqda. So‘ngra barchaga vaksina emlanishi uchun qancha vaqt va resurs kerakligini faqat gumon qilish mumkin, O‘zbekistonda testdan o‘tkazish nechog‘lik tashkillashtirilmagan holda o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qib, bu haqida o‘ylaging ham kelmaydi.

    Insoniyat COVID-19’ga nisbatan immunitet hosil qilishi zarurligi haqida ko‘p maqolalar yozildi, bunga faqat shu kasallikni boshdan kechirib erishish mumkin. Albatta, men vrach yoki shu soha mutaxassisi emasman, lekin bu virusni yo‘qotish imkonsiz ekan (ma’lumotlarga qaraganda kasallanganlar soni aslo kamayayotgani yo‘q) unda bu jarayonni nazorat qilish kerakdir? Bunda yengil formada kasallik yuqtirganlarni yaxshiroq aniqlab, alomatlarsiz kasal bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni uyda davolash uchun testdan o‘tkazish kerakmikan? Asosiysi, xavfli zonaga qariyalar va surunkali kasalliklarga ega insonlar tushib qolmasligi, chunki ularda kasallik juda og‘ir kechadi.

    Umid qilamanki, mening hikoyam kimlargadir foydali bo‘ladi. O‘zingizni asrang va kasal bo‘lmang!

    Vyacheslav Kan, tadbirkor

    Mavzuga doir:

    • “Bizni hamma unutdi”. Chegaralar yopilgach, O‘zbekistonda qolib ketgan rossiyalik qiz hikoyasi
    • Umid va ishonch hikoyasi. Ispan grippidan va jahon urushidan omon chiqqan 101 yoshli italiyalik otaxon koronavirusni ham yengdi
    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 583 879 kishiga yetgan. Hozirga qadar mamlakatda infeksiya chalinganlarning 339 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 8101 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

    22.06.2020, 10:36   Izoh (0)   38776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga xorijdan qaytgan yana 43 fuqaroda koronavirus aniqlandi

    22.06.2020, 10:05

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Xalqaro jurnalist bo‘lishni juda xohlaganman”

    22.06.2020, 09:53

    O‘rta Chirchiq “qizil” hududga aylandi. Tumandagi 4 ta ichki ko‘chada harakatlanish taqiqlandi

    22.06.2020, 09:39

    Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi

    22.06.2020, 08:33

    “Xuddi kun bo‘yi zilzila sodir bo‘layotgandek”. Sergelida qurilayotgan metro liniyasi yaqinidagi xonadon egalari shovqindan shikoyat qilmoqda (video)

    22.06.2020, 07:51

    Samarqandda qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi

    22.06.2020, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59

    DNK orqali inson yuzini shakllantiruvchi texnologiya yaratildi

    Dunyo | 1 iyun, 07:30

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.