• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buyuk sarkarda ruhi bezovta qilingan kun. Amir Temur qabri ochilganiga 79 yil to‘ldi

    1941-yilning 21-iyun kuni dunyoda Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan paytda Sovet Ittifoqida bir guruh olimlar Stalin topshirig‘i bilan Samarqandda joylashgan Amir Temur va Temuriylar maqbarasidagi Amir Temur qabrini ochdi. Bu yil ushbu hodisaga 79 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan navbatdagi maqolada mana shu ekspeditsiya haqida hikoya qilamiz.

    Amir Temur maqbarasi.

    Amir Temur maqbarasi.
    Foto: Google Photos

    Go‘ri Amir maqbarasi

    Maqbara XV asrning boshiga oid. Dastlab bu yerda Amir Temurning nevarasi hamda taxt vorisi Muhammad Sulton bir madrasa va bir xonaqoh qurdirgan. Ikki bino bir-biriga qarama-qarshi joylashgan. 1403-yilda Muhammad Sulton Shomda vafot etadi. Temur nevarasi uchun ushbu majmua hududida maqbara qurishni buyuradi. Maqbara sakkiz qirrali bino shaklida qurilgan hamda ustiga ulkan gumbaz o‘rnatilgan.

    Binoning balandligi 36 metrni tashkil qiladi. Gumbaz diametri 16 metr. Gumbaz tashqi tarafdan to‘lqinsimon qabartma shaklida va sopol koshinlar bilan qoplangan. Bino devorlariga “Allohning quli Muhammad” yozuvi kufiy xatida girih naqshlari bilan bezatib yozilgan. Binoning asosiy ko‘rinishi Ulug‘bek davrida qurilgan qo‘shimcha binolar tufayli berkilib qolgan.

    Bino ichiga Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan yo‘lak orqali kiriladi. Dastlabki majmuadan, ya’ni Muhammad Sulton qurdirgan binolardan faqatgina majmuaga kirish peshtoqi saqlanib qolgan bo‘lib, unda bino bezaklarini bajargan ustaning ismi saqlanib qolgan. Unda “Ushbu bino Allohning quli Muhammad ibn Mahmud Isfahoniy tarafidan qurildi”, degan mazmundagi yozuv bor. Temuriylar davrida qurilgan ko‘pchilik binolar, asosan, forslik ustalar tomonidan qurilgan va shuning uchun ikki mamlakat tarixiy obidalari o‘rtasida o‘xshashlik mavjud. Bu binolarning tashqi ko‘rinishida va ranglarida o‘z aksini topgan.

    Maqbarada to‘qqizta qabr mavjud bo‘lib, ilk qabr Muhammad Sultonga tegishli. Bundan tashqari, bu yerda Amir Temur, Shohruh Mirzo, Mironshoh Mirzo, Ulug‘bek Mirzo, Mir Sayyid Baraka, iroqlik Shayx Sayyid Umar va Mirzo Ulug‘bekning yoshlikda vafot etgan ikki o‘g‘li Abdulloh va Abdurahmon Mirzolarning qabrlari bor. Qabrlar bugun biz ko‘radigan maqbaraning yuqori qismida emas, balki yer ostida joylashgan. Maqbaraning ziyoratxonasida mavjud qabr toshlar asl qabrlar joylashuviga qarab qo‘yilgan.

    Ekspeditsiya a’zolari

    1941-yilning aprel oyida O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari soveti hamda O‘zbekiston KP markaziy komiteti Alisher Navoiy yubileyining tadbirlarini o‘tkazish doirasida u yashagan davrni tarixiy, arxeologik va antropologik jihatdan o‘rganish maqsadida Navoiy komitetiga, Samarqanddagi Amir Temur, Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy dahmalarini ochishga ruxsat berish haqida qaror qabul qiladi.

    Foto: Google Photos

    Ushbu qarorga muvofiq maqbarani ochish 1941-yili o‘tkazilishi mo‘ljallangan Alisher Navoiy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan u yashagan davr tarixini chuqur o‘rganib, tarixiy dalillarni tekshirib olish maqsadida amalga oshirilgan edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzilib, unga ittifoqning mashhur olimlari jalb etilgan edi (Amriddin Berdimurodov, “Amir Temur maqbarasi” ilmiy-ommabop risola, Toshkent 1996-y, 7-bet).

    Ekspeditsiya tarkibiga akademik Qori-Niyoziy (rahbar), antropolog L.V. Oshanin, tarixchi, sharqshunos, professor A.A. Semyonov, kimyo professori, restavrator V.N. Kononov, me’mor B.N. Zasipkin, antropolog-haykaltarosh M.M. Gerasimov, arxeolog V.A. Shishkin, yozuvchi S. Ayniy, yubiley komissiyasining ilmiy kotibi H.T. Zarifovlar bor edi. Shuningdek, jarayonni tasvirga olish uchun N.A. Kim boshchiligidagi operatorlar guruhi ham ishladi. Ular orasida taniqli o‘zbek rejissori Malik Qayumov ham bor edi.

    Ekspeditsiya a’zolarining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat edi: Temuriylar xilxonasida kimlar dafn etilganini aniqlash, dafn qilish urf-odatlarini o‘rganish, jasadlarni antropologik jihatdan to‘liq o‘rganish, Temuriylar haqidagi mavjud tarixiy manbalar hamda xalq orasidagi afsonalarning qay darajada to‘g‘riligini aniqlashdan iborat edi (Amriddin Berdimurodov, “Amir Temur maqbarasi” ilmiy-ommabop risola, Toshkent 1996-y, 7-8-bet). Shuningdek, Gerasimovga Temur va Temuriylar bosh chanoqlari asosida ularning yuz tuzilishini qayta tiklash vazifasi ham qo‘yilgan edi.

    Jarayonning borishi

    Guruh 15-iyun kuni Samarqandga yetib keldi. Shu kuni kechqurun guruhning maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda qilinajak ishlar kelishib olindi (A. Berdimurodov, 9-bet).

    16-iyun kuni erta tongda ekspeditsiya maqbaraga yetib bordi. Dastlab kimning qabrini ochish haqida bahs ketdi. Gerasimov qabrlarni tartib bilan, Shayx Sayyid Umarning qabrini ochishdan boshlashni taklif qildi. Biroq Semyonov maqsad Temuriylarni o‘rganish ekanini aytib, Sayyid Umar va Sayyid Barakalarning qabriga tegmaslikni taklif qildi.

    Shu tariqa ikki shayxning qabriga tegmaslikka qaror qilishdi va ishni chekkada turgan birinchi qabr — Mironshoh Mirzoning qabridan ochishni boshlashdi. Mironshoh 1408-yilning bahorida qoraqo‘yunli turkmanlarning sardori Qora Yusuf va Sulton Ahmad jaloirning birlashgan qo‘shiniga qarshi Ozarbayjonda mag‘lubiyatga uchraydi va jangda vafot etadi. Uning kallasi tanasidan judo etilib, Qora Yusufga jo‘natiladi.

    Foto: Google Photos

    Bu paytda Mironshoh 41 yoshda edi. Uning qabri borasida aniq ma’lumotlar yo‘q edi. Faqatgina qabrtoshidagi yozuvlar orqali bu qabrning Mironshohga tegishli ekanini aniqlaydi. Mironshohning qabri ancha sodda bo‘lib, juda yomon ahvolda saqlangan. Sababi maqbarani bir paytlar suv bosgan edi. Uning boshi kesilgani o‘rganishlar paytida bosh chanog‘idagi suyakning kesilgan joyiga qarab tasdiqlandi.

    17-iyun kuni Mironshoh qabri tozalanib, Shohruh Mirzoning qabrini ochishga kirishildi. Maqsadimiz Amir Temur qabri haqida maqola yozish bo‘lgani uchun qolgan qabrlarni batafsil yoritishga jazm etmadik. Shu sababdan ular haqida qisqa ma’lumotlar beramiz. Shohruh Mirzoning qabrdan chiqarilib, Samarqand davlat universitetiga olib kelinib tadqiq etildi. Antropolog Oshanin fikriga ko‘ra, Shohruh 70 yoshlarda allaqachon juda qarib qolgan va uning tishlarining bari to‘kilib bo‘lgan. Gerasimov esa Temurning ayni yoshda juda baquvvat bo‘lganini qayd etgan (A. Berdimurodov, 15-bet). U jismonan nozik odam bo‘lgan bo‘lib, bo‘yi 157 sm ekani oydinlashgan. Antropologlar uning bosh chanog‘i otasinikidan farq qilib, Farg‘ona-Pomir ko‘rinishida ekanini aytishadi.

    18-iyun kuni Amir Temurning oyoq tomonida dafn etilgan buyuk astronom olim Mirzo Ulug‘bek qabri ochildi. Qabr ustidagi marmar plitani surish maqsadida maxsus texnika o‘rnatildi. Qabr ichining uzunligi 210 sm, eni 68 sm, chuqurligi 61 sm. Qabrni yopib turgan marmar plita ustida Ulug‘bek haqidagi ma’lumotlar bor. Umuman, har bir qabr tosh ustidagi yozuvlar, asosan, qabr egalari haqidagi ma’lumotlar, Qur’on oyatlari, hadislar va hikmatli so‘zlardan tashkil topgan.

    Ulug‘bek jasadini o‘rganish jarayonida uning ham boshi kesilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlandi. Uning boshi tanasidan uzoqroqda yuzi yerga qaratib qo‘yilgan. Bosh chanog‘i bilan uchta bo‘yin umurtqasi yopishib turgan. Uchinchi umurtqada o‘tkir tig‘ning izi yaqqol ko‘rinib turibdi (A. Berdimurodov, 18-bet).

    Uning egnidagi mato, kiyim qoldiqlari, belbog‘ kabi elementlar uning shariat qoidasiga ko‘ra o‘ldirilgan paytda qaysi kiyimda bo‘lsa, o‘sha kiyimlari bilan ko‘milganini tasdiqlashga imkon berdi. Gerasimov keyinchalik Ulug‘bekning bosh chanog‘i asosida uning qiyofasini qayta tiklaydi.

    Amir Temur qabrining ochilishi

    Amir Temur 1405-yilning qishida Xitoyni fath etish uchun yo‘lga otlanadi. Shu yili qish juda qattiq keladi. Qo‘shin O‘tror shahriga yetganda shu yerda qo‘nim topishga qaror qilinadi. Aynan shu yerda sarkardaning ahvoli og‘irlashadi va 18-fevral kuni og‘ir xastalikdan dafn etiladi. Keyin esa uning jasadi mo‘miyolanib Samarqandga sirli ravishda jo‘natiladi. Uning qayerda dafn etilgani borasida to‘rt xil taxmin bor edi: ba’zilar uni O‘trorda dafn etilgan desa, ba’zilar Samarqandga, yana boshqalar Shahrisabzdagi dahmasiga desa, boshqalari Hirotga deyishadi. Lekin asosiy hujjatlar Samarqandni ko‘rsatadi. Shu taxminlarni tekshirib ko‘rish uchun ham ekspeditsiya Temur qabrini ochib o‘rganishi kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Amir Temurning qabrini ochish ishlari 19-iyunda boshlandi. Uning qabri qolgan qabrlardan o‘z salobati bilan ajralib turadi. Qabr 20 sm qalinlikdagi marmartosh bilan berkitilgan bo‘lib, qabrning uzunligi 245 santimetr, eni 90 santimetrdir. Bu qabrtosh ustiga boshqa yupqa yozuv bitib ishlangan oniks toshi yopishtirilgan. Qalin toshning tagida o‘n santimetr qalinlikda ganch qatlam bo‘lib, bu qatlam tagida lahadning og‘zini yopib turgan beshta qalin toshtaxta yotqizilgan. Qabrning lahadi taroshlangan tosh taxtalardan yasalgan bo‘lib, uzunligi uch metr, eni va chuqurligi bir metrdandir.

    Qabrni ochish ishlari 20-iyunda ham davom ettirildi. Ish videotasvirga olinayotgani sababli sekin davom ettirildi. Barcha ishtiyoq bilan kutib turardi. Nihoyat lahad ichida Sohibqironning archadan yasalgan tobuti ko‘rindi. Tobutning ustiga qoramtir ko‘kish rangli gazlama yopilgan edi. Tobutning rangi qoramtir, yog‘ochlari baquvvat, silliqlangan taxtalardan yasalgan bo‘lib, alohida qopqog‘i ham bor edi.

    Tobut archadan yasalgani sababli uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, juda yaxshi saqlangan. Shuningdek, unga suv bosishi ham zarar keltira olmagan. Tobut ustiga yopilgan mato nozik ipakdan to‘qilgan bo‘lib, uning o‘rtasida oltin iplardan to‘qilgan yozuv bor. Gazlama butun saqlanmagani uchun yozuvlarni to‘liq o‘rganishning imkoni bo‘lmagan. Shishkin bu matoni biror-bir avliyo qabridan yoki Ka’badan keltirilgani haqidagi taxminni ilgari surgan.

    21-iyun kuni ham qabrni ochish ishlari davom etdi. Aynan shu kuni tobut qopqog‘i ochildi. Tobut ichida Amir Temurning jasadi ko‘rindi. Shu paytda qabr ichidan xushbo‘y hid taraladi. Bu hidlar mayyitni dafn qilayotganda ishlatilgan mushk anbarlarning hidlari bo‘lsa kerak, ehtimol. Jasad uzun qilib yotqizilgan, yuzi Makkaga qaratib qo‘yilgan. Suyaklarning ba’zi joylarida kafan qoldiqlari, bosh, bo‘yin, oyoq tomonlarda mo‘miyolangan muskullar, teri parchalari yotardi.

    Jasad ohistalik bilan qabrdan chiqarib olindi va bosh chanoq uch soat soya joyda quritildi. Shundan keyingina unga kimyoviy ishlov berishga imkon paydo bo‘ldi. Bundan oldin antropologlar bosh chanog‘idagi soch, soqol va qoshlarning qoldiqlarini yig‘ishtirib oldilar. Sochi va soqolining rangi sarg‘imtir bo‘lib, xuddi zanglagan temir rangiga o‘xshar edi. Uning bo‘yalgan yoki bo‘yalmaganini tekshirib ko‘rishganida, ranglar tabiiy ekani oydinlashdi.

    Antropolog Gerasimov.

    Antropolog Gerasimov.
    Foto: Wikipedia

    Temurning tashqi qiyofasi haqida XV asr miniatyuralarida saqlanib qolgan tasvirlar, tarixchilar yozib qoldirgan tavsiflardan farq qiladi. Shu sababli ekspeditsiya oldiga uning tashqi qiyofasini ham qayta tiklash vazifasi qo‘yilgan edi. Jasadning uzunligi 170 smdan yuqori edi. Shuningdek, suyaklarni o‘rganish jarayonida uning o‘ng qo‘li tirsagidan bukilmaydigan bo‘lib bitib qolgani aniqlandi. Ammo yelka mushaklari butunligi sabab bemalol harakat qila olgan va hatto barmoqlar harakatiga qarab bu qo‘l ancha kuchli bo‘lganini ham payqash mumkin.

    Uning o‘ng qo‘liga 1362-yili Seistonda o‘q tegib yaralaydi. Lekin nima sababdan qo‘l bukilmaydigan bo‘lib qolgani haqida aniq dalillar mavjud emas. Tibbiy mutaxassislar uning suyak silidan bukilmay qolgan bo‘lishi mumkinligini aytishadi. O‘ng oyoq suyaklari ham yaxshilab tadqiq etilganidan so‘ng, uning haqiqatda oqsoq bo‘lgani oydinlashdi.

    Yana bir muhim faktni e’tiborga olish kerak. Ya’ni uning boshidan topilgan sochlarning uzunligi 3 smdan yuqori bo‘lgani rivoyatlarda keltirilganidek, qishda sochini oldirib, daryoda cho‘milgani oqibatida kasal bo‘lgani haqidagi fakt o‘zini oqlamaydi. Temur va temuriylar islomning barcha qonun qoidalariga amal qilingan holda dafn etilgani ekspeditsiya davomida o‘z tasdig‘ini topdi.

    22–23-iyun kunlari so‘nggi qabr – Muhammad Sultonning qabri ochildi. Ushbu qabr ham ancha hashamdor qilib tayyorlangani ma’lum bo‘ldi. Temur va Muhammad Sultonlarning qabrlari boshqa qabrlardan ko‘ra hashamdorligi bilan ajralib turgan.

    Ekspeditsiya nemis qo‘shinlarining Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirgani tufayli zudlik bilan tugatildi va suyaklar o‘rganish uchun Moskvaga olib ketildi. Gerasimov bosh suyaklar asosida Temur va Temuriylar tashqi qiyofalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

    “Kim ajdodlar xokini bezovta qilsa, uni eng dahshatli qarg‘ish ursin”

    Shubhasiz, barcha qabrtoshlar orasida Temurning qabrtoshi o‘zining nafis yozuvlari bilan ajralib turardi. Ushbu yozuvlarni Semyonov o‘qib chiqadi. Unda Temurning 18 ta shajara ismi va Qur’oni Karim oyatlari hamda yana bir muhim ogohlantirish ham yozilgan edi. Uning ma’nosi quyidagicha: “Hammamiz o‘lguvchilardirmiz, vaqti keladi va biz ketamiz. Bizgacha ham buyuklar bo‘lgan va bizdan keyin ham bo‘ladi. Agar kimda kim kibrga berilsa va boshqalardan baland ko‘tarilsa yoki ajdodlar xokini bezovta qilsa, uni eng qo‘rqinchli qarg‘ish ursin!”

    Foto: Google Photos

    Shu o‘rinda xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan nemislarning SSSR hududiga bostirib kirishi bilan bog‘liq tasodifiy hodisa haqida fikr yuritsak. Unda go‘yoki Temur qabrining ochilishi urush boshlanishiga sabab sifatida keltiriladi. Buni o‘sha paytdagi voqealarni tasvirda olishda ishtirok taniqli rejissor Malik Qayumov so‘zlab bergan. U o‘zining “Hayotim – kinematografiya” nomli kitobida shunday yozadi: “Uzoq davom etgan suratga olish ishlaridan so‘ng bir piyola choy ichish uchun choyxonaga kirdim. Qarasam, uchta chol choy ichib o‘tirishgan ekan. Qo‘llarida esa kattakon kitob bor edi. Ulardan biri Temur qabri ochilishida aloqam bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. Hazillashib “eng katta boshlig‘iman”, deb aytdim, chunki mening buyrug‘im bilan chiroqlar yoqilar edi. “Temurning qabrini ochmaslik kerak, ochsa urush ruhi chiqadi”, deb aytdi.

    Bu gap 1941-yil yo 16, yo 17-iyun kuni sodir bo‘ldi. “Bu nimadan ma’lum”, deb so‘radim men. Chol kitobdagi yozuvni ko‘rsatib, kulibroq arabcha o‘qishni bilasizmi, deb so‘radi. Men “bilaman” deb javob berdim. Javobim ularni ajablantirdi, chunki bu paytda biz kirill alifbosiga o‘tib bo‘lgan edik. Ular mendayin yosh yigitni arabcha o‘qishni bilmaydi deb o‘ylashgan edi. Men kitobda haqiqatan ham “Temurning qabrini ochish mumkin emas, ochilsa urush ruhi chiqadi va qiyomatli kunlar boshlanadi”, degan yozuvni o‘qidim.

    Bu gaplar haqida Qori Niyoziy, Semyonov va Ayniyga aytdim. Ular ham kelib kitobni ko‘rishdi, kulishdi. Domla Ayniy bularning barini safsata dedi va chollarni choyxonadan haydab yubordi. Men o‘zimning tajribasizligim va g‘o‘rligimdan o‘sha kitobni va chollarni suratga olmaganimdan hozir juda qattiq pushaymon qilmoqdaman” (A. Berdimurodov, 6-7-betlar).

    Temur qabri 21-iyun kuni ochib bo‘lindi, jasadlar chiqarildi. 22-iyun erta tongda nemis harbiylari SSSR hududiga bostirib kirdi. Ammo bu shunchaki bir tasodif bo‘lishi haqiqatga yaqin. Zero Gitlerning SSSRga yurish haqidagi “Barbarossa” rejasi avvaldan bor edi. Ammo bu haqidagi gap-so‘zlar tinchimadi. Hatto Qayumov bu gaplarni Stalinga yetkazadi, shundan keyin esa Temur suyaklari qaytadan dafn etiladi. Aynan Temur bosh suyagi ortilgan samolyot front chizig‘i bo‘ylab, askarlar ruhini ko‘tarish uchun aylanib uchadi.

    Yana bir tasodif shundaki, aynan shu voqeadan keyin SSSR qo‘shinlari g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlaydi. Stalin esa Samarqanddagi Temuriylar maqbarasini ta’mirlatish uchun bir million rubl miqdorida mablag‘ ajratish haqida qaror qabul qiladi va maqbara ta’mirlanadi. Shunday qilib, ekspeditsiya 24-iyun kuni o‘z ishini yakunlaydi. 1941-yilning 9-dekabr sanasida Toshkent shahrida Gerasimov tomonidan yaratilgan Temur, Ulug‘bek va Shohruhlarning suratlarini qabul qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkaziladi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    22.06.2020, 09:10   Izoh (0)   95184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi

    22.06.2020, 08:33

    “Xuddi kun bo‘yi zilzila sodir bo‘layotgandek”. Sergelida qurilayotgan metro liniyasi yaqinidagi xonadon egalari shovqindan shikoyat qilmoqda (video)

    22.06.2020, 07:51

    Samarqandda qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi

    22.06.2020, 07:30

    O‘zbekiston elchixonasi Turkiyada qolgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

    22.06.2020, 06:48

    O‘zbekistonda 21-iyun kuni 162 kishida koronavirus aniqlandi. Oltita hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi

    21.06.2020, 23:44

    Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

    21.06.2020, 23:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.