“Bavariya”ning yosh himoyachisi Alfonso Devis Bundesligada mavsum kashfiyoti deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmatida xabar bermoqda.
Avvalroq Alfonso Devis Bundesliga tarixidagi eng tezkor futbolchi deb topilgandi.
Devis 2019-yilning yanvar oyidan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Bundesliga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)