Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar 21-iyun, yakshanba kuni o‘tkazildi.
Unda Doston Tursunov harakat qilayotgan “Pusan Ay Park” jamoasi mehmonda “Inchhon Yunayted” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rustam Ashurmatov to‘p surayotgan “Kvanju” esa safarda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, “Chonbuk Hyonday Motors”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qayd etish joiz, har ikkala o‘zbekistonlik futbolchi ham uchrashuvlarda to‘liq 90 daqiqadan harakat qildi.
Mazkur g‘alabadan keyin pusanliklar 10-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, mag‘lubiyatga uchragan “Kvanju” 7-pog‘onadan joy olgan.
Key-Liga
8-tur bahslari21-iyun, yakshanba
Izoh (0)