AQShning Virjiniya shtati Montgomeri okrugida maktab o‘quvchilari dunyoda birinchi bo‘lib kutubxonadan kitoblarni dronlar yodamida ola boshladi, deb yozadi PC Mag.
O‘quvchilar 150 ming nomdagi kitoblardan istalganini tanlashi mumkin. Ushbu g‘oya muallifi kutubxonachi Kelli Passek hisoblanadi.
“Maktab kutubxonasi resurslaridan foydalana olish bizning o‘quvchilarimiz muvaffaqiyati uchun zarur”, — deya qayd etdi kutubxonachi.
Ushbu dastur o‘quvchilarning karantin vaqtida zarur adabiyotlarni o‘qiy olishi va gadjetlardan biroz chalg‘ishini tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Dronlar Google’ga qarashli Alphabet xoldingining Wing Aviation kompaniyasiga tegishli. Dronlar kitoblarni mutlaq bepul yetkazib bermoqda.
Izoh (0)