Hey servisi ikkita belgidan iborat elektron pochta manzilini yiliga 999 dollar evaziga xarid qilishni taklif etmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Hey pochta servisi yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, qisqa manzil — bu premium xizmat hisoblanadi. Shu sababli ikki yoki uch belgili elektron pochta faqatgina obuna orqali sotiladi. Masalan, hi@hey.com manzili ming dollar turadi, sun@hey.com esa 375 dollarga sotilmoqda.
Qisqa pochta manzili ish faoliyati davomida elektron maktublardan muntazam foydalanadiganlar uchun foyda beradi — bu kabi manzilni vizitkadan yozib berish yoki aytib yuborish oson. Qolgan jihatlari bilan bu oddiy elektron pochtadan farq qilmaydi.
Hey servisi qisqa pochta manzilidan tashqari, qo‘shimcha funksiyani taqdim etadi — 100 gigabayt bulutli xotira va foydalanuvchilarning qo‘shimcha himoyasi. Ushbu xizmatlarga premium pochtaga obuna bo‘lish orqali ega bo‘lish mumkin.
Qisqa pochta manzili uchun pul to‘lanmay qo‘ysa nima bo‘lishi — noma’lum. Hey servisi endigina ishga tushgan va hozircha taklifnomalar bilan ishlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, elektron pochtani shunchaki muzlatib qo‘yib, xuddi mobil operatorlar kabi keyin boshqaga sotib yuborishlari mumkin.
Izoh (0)