Twitter foydalanuvchilari ovozli xabarlar ko‘rinishida tvitlar joylash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.
Ovozli tvit joylash uchun ovoz to‘lqinlar tasvirlangan belgini bosish lozim. Bitta ovozli xabar davomiyligi 140 sekunddan oshmasligi kerak. Agar ovozli tvit bundan uzun bo‘lsa, platforma avtomatik ravishda uni bir necha qismlarga bo‘lib, tredlar hosil qiladi.
Qayd etilishicha, hozircha yangi funksiyadan iOS qurilmalaridan kiruvchi sanoqli foydalanuvchilar ishlata olishi mumkin, yaqin haftalarda esa iOS qurilmalaridan foydalanuvchilarning barchasi uchun bunday imkoniyat taqdim etiladi.
Izoh (0)