Shotlandiyada koronavirusga testlar dronlar yordamida yetkaziladi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy xizmati bu kabi tizimni Skyport kompaniyasi bilan birgalikda sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi The Guardian.

Foto: The Guardian

Mamlakat relyefining turfaligi — tekisliklardan tortib, tog‘ hududlarigacha va orollar — muhim yuklarni yetkazib berish ancha vaqtni olishi mumkin. Bu juda uzoq muddat hisoblanadi, ayniqsa, tibbiyot tovarlari, shuningdek, COVID-19’ga testlar borasida.

Yuklarni dronlar yordamida yetkazib berish loyihasi mualliflarining hisoblashicha, uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari mazkur muammoni qisman yechishga yordam beradi. Sinovlar Wingcopter dronlaridan foydalaniladi — ular yangi turdagi koronavirusga testlarni va himoya vositalarini Oban shahrida Lorn & Islands shifoxonasidan Mall orolidagi Mull & Iona Community shifoxonasiga yetkazadi.

Ikki shifoxona orasidagi masofa 17 kilometrni tashkil etadi, dron asosan suv ustidan uchib boradi. Rejaga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar vaqtni 15 minutga qadar qisqartirishi mumkin — hozirda ushbu jarayonga qariyb 6 soat sarflanadi. Chunki testlar avval avtomobilga, undan keyin paromda manzilga yetkaziladi.

Agarda sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, tizim Shotlandiyaning bir qancha shifoxonalarida joriy etiladi.