Tibetning yagona professional futbol klubi hisoblangan “Lhasa Chengtu” faoliyatiga yakun yasaldi, deya xabar qilmoqda The Times. Bunga sabab qilib klub o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan shaharning ob-havo sharoiti ko‘rsatilgan.
Tibet poytaxti dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan va havo bosimi past hisoblanadi. “Lhasa Chengtu” u yerda bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ularda hakamlar har 15 daqiqada o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lgan va futbolchilar kislorod balonlaridan foydalangan holda nafas rostlab olgan.
O‘tgan mavsum “Lhasa Chengtu” Xitoy 3-divizionida 32 jamoa orasida 26-o‘rinni egallagan.
Raqiblarning Lhasada o‘ynashdan bosh tortgani sababli, jamoa o‘z uy uchrashuvlarini minglab kilometr uzoqda o‘tkazgan. Klub o‘yinlarni Tibetda o‘tkazishga bir necha bor uringan, biroq Xitoy futbol assotsiatsiyasi futbolchilarning xavfsizligini inobatga olgan holda bunga ruxsat bermagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)