“Real” hujumchisi Luka Yovich jarohat oldi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Getty Images

22 yoshli serbiyalik futbolchining o‘ng tovoni suyagida yorilish yuzaga kelgan. Hujumchi qanday vaziyatda jarohat olgani ma’lum emas. Tiklanish muddati chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Yovich 4-may kuni Madridga yetib kelgan va jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgandi.

2019-yilning yozida “Ayntraxt”dan 60 million yevro evaziga sotib olingan Yovich joriy mavsum La Ligada 15 o‘yin o‘tkazib, ikki gol va bitta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!