O‘zbekistonda 15-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga ko‘payib, 5103 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida,
  • 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida

aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda 1141 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 3943 nafari butunlay sog‘aygan, 19 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.