O‘zbekistonda 15-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 109 nafarga oshdi va kasallik yuqtirib olganlarning umumiy soni 5263 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 77 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 12 tasi Toshkent shahrida (shundan 10 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, 2 tasi esa aholi orasida);
  • 7 tasi Toshkent viloyatida (shundan 6 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, bittasi esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida);
  • 5 tasi Namangan viloyatida;
  • 5 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 3 tasi Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.

15-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 5154 nafarni tashkil etayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4019 nafari butunlay sog‘aygan, 19 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.