Meksika terma jamoasi sobiq futbolchisi Aaron Padilya 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning sobiq klubi “Pumas” ma’lum qildi.
Mahalliy OAVning xabar qilishicha, Padilyaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan. U shuningdek Alsgeymer kasalligidan ham jabr chekkan.
Padilyaning o‘limi yuzasidan Meksika futbol ligasi ham hamdardlik bildirgan: “U ajoyib do‘st va Meksika futbolining ajralmas qismi edi”.
https://twitter.com/PumasMX/status/1272237085521588225
Aaron Meksika terma jamoasi safida ikkita Jahon Chempionatida (1966 va 1970-yilgi) qatnashgan. Futbolchi umumiy miqdorda terma jamoada 55 o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urgan. Klub miqyosida ham faqat Meksikada to‘p tepgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)