Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida Olmazor tumani faollari, nuroniylar bilan tumanda kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Prezident yig‘ilish davomida Chorsu bozori, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etish haqida topshiriqlar bergan.
Toshkentning eski shahar qismida hunarmandchilik do‘konlari va rastalari, choyxona, mehmonxonalar hamda kichik muzeylar tashkil qilinadi.
Izoh (0)