• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikani ikkiga bo‘lgan kanal. 12-iyun – Panama kanali ochilgan sana

    1534-yilda Ispaniya qiroli Karlos V Atlantika va Tinch okeanlari o‘rtasida kanal qurilishi uchun hozirgi Panama hududida izlanishlar o‘tkazishni buyuradi. Ikki okeanni suv yo‘li bilan bog‘lash g‘oyasi juda qiziq edi. Agar bu ish amalga oshsa, inklardan tortib olingan oltinlarni Tinch okeani qirg‘og‘idan Atlantika qirg‘og‘igacha, keyin esa Ispaniyaga yuborish ancha osonlashardi. Ammo istilochilarning orzusi oradan 350 yil o‘tibgina amalga oshdi. “Daryo” XX asr boshidagi muhandislik ilmining mo‘jizasi bo‘lgan Panama kanali tarixi haqida hikoya qiladi.

    <em>Foto: Google Photos</em>

    Foto: Google Photos

    Kanal orqali okeandan okeanga

    Ikki okeanni bog‘lovchi yuk tashish kanalining birinchi loyihasi XVI asrning boshida yashab o‘tgan Alvaro de Saavedra Cedron tomonidan taklif qilindi. Keyinchalik Ispaniya qiroli Filipp II ushbu hududga Chagres daryosi bo‘ylab Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo‘lgan suv yo‘li qurish uchun muhandis Antonellini yubordi. Ispaniyaga qaytib kelgan muhandis kanalning qurilishi imkonsizligini, chunki Panama hududini sharqdan g‘arb tomon baland tog‘lar kesib o‘tganini aytadi.

    Shundan keyin ispanlar Tinch okeani sohilida yangi dengiz flotini qurishni boshlaydi. Shunga qaramay, karvonlardan tushirilgan yuklarni xachir va otlarga ortib quruqlik bo‘ylab bir qirg‘oqdan boshqasiga olib o‘tish kerak edi. Bunday yuk tashish noqulaylik tug‘dirishidan tashqari Panamadagi qaroqchilar tomonidan hujumlarga ham uchrardi. Bu ancha vaqt davom etdi, ammo muhandislik ilmi va texnik imkoniyatlarning rivojlanishi ikki okeanni bog‘laydigan kanal qurish g‘oyasiga qaytishga imkon berdi.

    Oradan 300 yil o‘tdi

    XIX asrning boshlarida ushbu loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ izlab yurgan “Avgust Solomon va Kº” deb nomlangan fransuz firmasi o‘z mamlakati hukumatiga murojaat qiladi, ammo ijobiy javob olmaydi. Ular Ispaniya hukumatini ham loyihada ishtirok etishga taklif qilishadi, ammo ispanlar ham ushbu loyihani rad etishadi.

    Shu daqiqadan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlari loyihaga qo‘shilib, voqealar jadal rivojlana boshlaydi. 1846-yilda Qo‘shma Shtatlar va Yangi Granada bitim imzolaydi, unga ko‘ra AQSh Panama bo‘yini ustidan Yangi Granadaning suverenitetini va ushbu bo‘yin orqali istalgan yo‘lni boshqarish uchun teng huquqlarini kafolatlaydi. Ikkala okeanni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi uchun ham tomonlarning roziligi olinadi. 1855-yilda Shimoliy Amerika kompaniyasi Panama bo‘yini orqali temiryo‘l qurilishini tugatadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Biroq AQShning Atlantika sohilidan Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillariga tranzit yuklar hajmining o‘sishi, dengiz kemalari yo‘lini minglab dengiz millariga qisqartiradigan suv kanali qurilishini talab qiladi. Bunday kanal egalari uchun esa bu juda katta daromad manbasi bo‘la oladi.

    Ilk muvaffaqiyatsizlik

    1879-yilda Suvaysh kanalini qurgan fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand de Lesseps Panama kanali qurilishi uchun aksionerlik jamiyati tashkil qiladi. Ikki yildan keyin ish boshlanadi. Biroq moliyaviy firibgarliklar va ishning murakkabligi bu jamiyatni bankrotlikka olib keladi, minglab mayda aksionerlar xonavayron bo‘lishadi. Panama bo‘ynida ish to‘xtatiladi. Rasmiy tekshiruvdan so‘ng 1893-yil fevral oyida Lesseps va uning o‘g‘li Sharl besh yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Biroq kanalni qurish vakolati hali ham fransuz kompaniyasining qo‘lida edi.

    Ishni ko‘zini bilgan AQSh

    Panama kanalining kelajakdagi strategik va iqtisodiy ahamiyatini juda yaxshi anglab yetgan Qo‘shma Shtatlar, 1902-yilda fransuzlardan qurilishni davom ettirish huquqini sotib oladi. 1903-yil yanvarda ular Kolumbiya bilan Panama bo‘yni orqali kanal qurish bo‘yicha shartnoma tuzishga harakat qiladi, ammo Kolumbiya senati bu kelishuvni rad etadi. O‘sha yilning 3-noyabrida (AQSh yordami bilan albatta) Panama mustaqillikka erishib, Kolumbiya tarkibidan chiqadi. 18-noyabr kuni Vashingtonda shartnoma imzolanib, unga ko‘ra Panama Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo‘lgan, 16 km kenglikdagi yerlarni AQShga “abadiy foydalanishga” beradi. Shu paytdan boshlab kanal qurilishi qayta boshlanadi.

    Kanal qurilishi

    Panama kanali qazish ko‘lami va yo‘nalishning murakkabligi jihatidan o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha suv inshootlaridan ancha ustun edi. Eng katta kanallar bo‘lmish Suvaysh va Kil pasttekisliklar orqali o‘tgan. Panama kanalini esa tepalikka ko‘tarilib boradigan yerlar ustiga yotqizish kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu ulkan loyihani 75 mingdan ortiq ishchi amalga oshirdi. Baxtsiz hodisalar va tropik kasalliklar tufayli 20 mingga yaqin ishchi vafot etgan. Panama kanalining qurilishi 1914-yil o‘rtalariga qadar yakunlandi. Shu paytdan boshlab Shimoliy va Janubiy Amerikani Atlantika va Tinch okeanlari suvi aralashgan kanal ajratib turardi. Uning qurilishiga taxminan 400 million dollar sarflangan. Kanal uzoq va xavfli dengiz yo‘li bo‘lgan Gorn burnini chetlab o‘tib Atlantika okeanidan Tinch okeaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l ochdi. 1914-yil 15-avgustda Panama kanalidan birinchi kema o‘tdi. Ammo u rasman U 1920-yilning 12-iyun kuni ochildi va amalda shu yildan to‘liq ish boshladi.

    Panama kanali jahon amaliyotida mutlaqo yangi xavfsizlik vositalari bilan ajralib turardi. Unda kemalar shlyuzlardan o‘z harakati bilan o‘tmaydi, ularni kanal qirg‘og‘i bo‘ylab harakatlanadigan maxsus elektrovozlar tortib o‘tadi. Kanalning umumiy uzunligi 82 kilometr, kengligi 150 metrdan 300 metrgacha, chuqurligi 15 metrdan 26 metrgacha edi. Odatda, kema kanaldan o‘tishi uchun 8–9 soat vaqt kerak bo‘ladi. Kanalning o‘tkazish quvvati kuniga 50 ta kemagacha. Har yili Panama kanalidan 14 mingga yaqin kema o‘tadi.

    Kanalning deyarli markazida Kulebra tog‘i joylashgan bo‘lib, aynan shu yer qurilishning eng qiyin joyi edi. Bu yerda kemalar baland tog‘larning ikki tik yon bag‘irlari o‘rtasidagi 11 kilometr masofani bosib o‘tib, 50–60 metr balandlikka ko‘tariladi. Panama kanalining ishiga xizmat qiladigan odamlar soni 10 ming kishi. Ushbu dunyodagi eng mashhur texnogen transport arteriyasi orqali har yili 1 350 000 tonna yuk o‘tadi, bu dunyo yuk tashish tizimining qariyb besh foizini tashkil qiladi.

    Natija

    Panama kanali Amerika qit’asiga xizmat qiladigan dengiz yo‘llarini 2,5–3 baravarga kamaytirdi. Masalan, Nyu-Yorkdan Ekvadorgacha bo‘lgan 19,5 ming kilometr yo‘l 6 006 kilometrga tushdi. Ushbu kanal orqali AQShning Tinch okeanidagi portlari Lotin Amerikasi va Yevropa portlarigacha bo‘lgan eng qisqa yo‘lga ega bo‘ldi. Panama kanalining roli Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham juda muhimdir, u Atlantika va Tinch okeani sohillarda joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘llarni sezilarli darajada qisqartiradi va shu bilan birga ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni osonlashtiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mustaqillik

    1999-yil 31-dekabrgacha Panama kanali to‘liq AQShga tegishli edi. Nafaqat kanalning o‘zi, balki uning atrofidagi 16 kilometr kenglikdagi hudud ham. Panamaning ushbu hududida deyarli butun XX asr davomida harbiy qismlar va yordamchi xizmatlar, o‘quv markazlari va aeroportlar, turarjoy binolari va elektr stansiyalari, ya’ni Amerika armiyasining 35 ming kishilik harbiy korpusi va kanalda ishlovchi fuqarolari uchun normal farovon hayotni ta’minlaydigan barcha narsalar mavjud edi. Kompensatsiya sifatida AQSh 1903-yilda Panamaga bir vaqtning o‘zida 10 million dollar pul to‘lagan, keyin esa har yili Panama kanalidan foydalanish uchun ijara haqi 250 ming dollarni tashkil qilgan.

    Vaqtlar o‘tdi, ijara shartlari o‘zgartirildi. Shunday qilib, 1972-yilga kelib Panama kanali zonasi uchun yillik kompensatsiya 1,93 million dollarni tashkil etardi. AQSh esa kanal orqali yiliga 100 million dollar foyda olardi. Panama tomonining iltimosiga binoan tariflar vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilardi. 1980-yillarning boshlariga kelib, Panama dunyodagi oltinchi yirik moliyaviy markazga va Gonkongdan keyingi dunyoda ikkinchi yirik erkin savdo zonasiga aylandi.

    AQShdagi siyosiy vaziyat va Panama prezidenti general Omar Torrixosning qat’iy pozitsiyasi kanalni Panamaga qaytishi bilan yakunlandi. 1977-yil 7-sentyabrda AQSh prezidenti Jimmi Karter va Panama prezidenti Omar Torrixos 1999-yil 31-dekabrdan kanal zonasini Panama yurisdiksiyasiga qaytarishni nazarda tutuvchi Panama kanali maqomi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

    Amerika Qo‘shma Shtatlari va Panama o‘rtasida 1903-yil 18-noyabrda imzolangan shartnomadan keyin oradan qariyb 97 yil o‘tgach, Panama kanali to‘liq Panama davlati yurisdiksiyasiga o‘tdi. Oxirgi amerikalik askar Panamani 1999-yil 1-dekabrda tark etdi va o‘sha yilning 14-dekabrida AQSh Panama kanali va Panama kanali atrofidagi 16 kilometrlik hudud huquqlarini Panama davlatiga qaytarib berdi.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    13.06.2020, 21:36   Izoh (0)   162677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boris Jonson namoyishchilarning britaniyalik buyuk shaxslarga atab o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashlash to‘g‘risidagi talabini rad etdi

    13.06.2020, 21:18

    Pekindagi tumanlarning birida koronavirus sabab “harbiy holat rejimi” joriy etildi. COVID-19 tumandagi baliq bozorida aniqlangan

    13.06.2020, 20:35

    Zelenskiy rafiqasi koronavirusga chalingani tufayli maxsus ish rejimiga o‘tadi

    13.06.2020, 19:16

    Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqib oldi

    13.06.2020, 16:13

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 14 ming kishidan, Afg‘onistonda esa 23 ming kishidan oshdi

    13.06.2020, 12:09

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 11 kishiga, Janubiy Koreyada esa 49 kishiga oshdi

    13.06.2020, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

    Reklama | 19 may, 12:00

    Rossiyaga kirish uchun 30-iyundan QR kod talab etiladi

    Dunyo | 19 may, 11:51

    Ham ko‘ngilochar, ham tarbiyaviy: farzandlar bilan birga ko‘rishga arzigulik 5 ta film

    Kino | 19 may, 11:40

    Ronaldu yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi — Nikolo Skira

    Sport | 19 may, 11:20

    Everestga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

    Dunyo | 19 may, 11:10

    Instagram: Ozoda Nursaidova Sabrinaga uy sovg‘a qildi, Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i Toshkentga qaytdi, Luiza Rasulova obodonlashtirish xodimlariga osh tarq...

    Shou-biznes | 19 may, 10:55

    O‘zbekistonda 20-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 19 may, 10:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.