Tadqiqotchilar dronlar yordamida 64 mingta Avstraliya yashil toshbaqasining suzib kelayotganini videoga oldi, deb yozadi Esquire.
Videoda toshbaqalar Katta to‘siq rifining shimoliy qismidagi marjon oroliga tuxum qo‘yish uchun suzib kelayotganini ko‘rish mumkin.
Olimlarning izohlashicha, dronlar ularga toshbaqalarning ko‘payish hajmini o‘rganishga yordam beradi.
Avvallari toshbaqalar plyajga chiqqan vaqtda ularga bo‘yoq yordamida belgi qo‘yilar edi. Dron esa ularning aniq hisob-kitobini olish imkonini beradi.
Avstraliya yashil toshbaqasi Avstraliya, Papua—Yangi Gvineya qirg‘oqlarida yashaydi. Toshbaqalarning bu turi Qizil kitobga kiritilgan.
Ushbu toshbaqalarning ko‘payishi ularni toshbaqa sho‘rvasi uchun o‘ldiradigan brakonyerlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida juda kamayib ketdi. Shuningdek, ular baliqchilarning to‘riga ham tez-tez ilinib qoladi yoki sayyohlik hududlari atayin toshqabalarni siqib chiqaradi.
Izoh (0)