O‘zbekistonda 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 kishiga ko‘payib, 4547 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa aholi orasida (Toshkent shahri 1 ta, Qashqadaryo viloyati 1 ta, Toshkent viloyati 4 ta) aniqlangan.
“Hozirda mamlakatimizda 1070 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda 3459 kishi koronavirusdan sog‘aygan, 18 kishi esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)