O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, tartib qoidalarni buzgan bir qator futbolchilar va rasmiylarga jazolar tayinlandi.
“Surxon” futbolchisi Shavkat Salomov Superliga 3-turida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsda raqib futbolchisining yuziga tupurgani va tajovuzkor harakati uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va moddiy jarimaga tortildi. Tajribali futbolchi qo‘pollikdan keyin jamoa futbolchilari o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv vaqtida ushbu harakatlarni amalga oshirgandi.
“So‘g‘diyona” himoyachisi Shavkat Mullajonovga 3-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” bilan bo‘lgan o‘yinda raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun 2 o‘yinlik diskvalifikatsiya va moddiy jarima belgilandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)