Boks bo‘yicha (WBA) o‘rta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Hassan Ndam Njikam faoliyatini MMA’da davom ettirishini ma’lum qildi.
Bokschi Fransiyaning ARES FC promousheni bilan shartnoma imzolagan. So‘nggi bor Hassan 13-dekabrda jang o‘tkazgandi. Ndam Njikam Vladikavkazda bo‘lib o‘tgan bahsda superyengil vazn toifasi sobiq chempioni Fyodor Chudinovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
36 yoshli sprotchi professional boksda 42 ta jang o‘tkazib, 37 marta g‘alaba qozongan (21 ta nokaut) va 5 bor mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)