• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimiyat va klaster sudlashish bilan ovora. Jabrini tortayotgan esa biz”. Qashqadaryolik fermerlar paxta parvarishidagi agrotexnik tadbirlar kechikayotganidan shikoyat qildi

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi fermerlar paxtani kultivatsiya qilish uchun texnika topolmayotganidan, paxta parvarishidagi agrotexnik tadbirlar bajarilmay qolayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan fermer Zoir Turdiqulovning aytishicha, 12 gektar maydonga ekilgan paxtasi ayni kunda texnikaga muhtoj. Biroq na yangi tuzilgan kooperatsiya yordam beroladi, na hokim.

    Zoir Turdiqulov

    Zoir Turdiqulov
    Foto: “Daryo”

    “O‘tgan yili klaster bilan ishlab, uning yangi texnikalariga ishongan holda 76 sxema bo‘yicha paxta ekkandik. Klaster bilan ishlamaysizlar, kooperatsiya tuzildi, deb majburiy tarzda shartnoma imzolatishdi. Bugungi kunga kelib esa biz fermerlar jabr ko‘ryapmiz. Klaster barcha texnikalarini olib ketgan. Kooperatsiyada esa na texnika bor va na ishga yaroqli biror-bir xodim. Kooperatsiya faqat shartnoma tuzishni bildi xolos. Unga egalik qilayotgan esa hokim. Tortishadigan, sudlashadigan rahbarlar, ammo ularni deb paxtamizning agrotexnik tadbirlari bajarilmay qolmoqda”, — deydi Zoir Turdiqulov.

    Kultivatsiya qilinmagan paxta maydoni

    Kultivatsiya qilinmagan paxta maydoni
    Foto: “Daryo”

    “Ali Ahmad Hilol” fermer xo‘jaligi rahbari Zoir Turdiqulovning ma’lumot berishicha, fermer tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan chopiq va yagana ishlari bajarib bo‘lingan. Faqatgina texnika bo‘lsa va kultivatsiya ishlari bajarilsa, bas.

    “Hokimda bir qarich til bor, ammo texnika yo‘q. Biz fermerlar texnika so‘rayapmiz, hokim o‘rinbosari Akrom Aripov esa texnikani qo‘lda yasab olinglar, deydi. Yasadik ham, lekin bu yetarli natijani bermayapti. O‘zimiz yasagan texnika yerga besh santimetr ham botmayapti. Holbuki, texnika kultivatsiya ishlarini bajarishi uchun 30-35 santimetr chuqurlikka botishi kerak. Xullas, hokimiyat va klaster sudlashish bilan ovora. Jabrini tortayotgan esa biz fermerlar.”

    Kultivatsiya qilinmagan paxta maydoni

    Kultivatsiya qilinmagan paxta maydoni
    Foto: “Daryo”

    Fermerning aytishicha, kooperatsiya bilan shartnoma tuzmagan fermerning yeri tortib olinadi, deb qo‘rqitilgan.

    “Kooperatsiya bilan shartnoma tuzmagan fermerning yeri tortib olinadi, deyishdi. Olishdi ham. Haqqini talab qiladigan, haqiqatni gapiradigan fermerlarning yeri tortib olinib, gung, soqov, haqini talab qilmaydigan fermerlarga berildi. Qanchadan qancha yer qolib ham ketdi. Hozirgacha ekin ekilmay, qarovsiz yotibdi”, — deydi Zoir Turdiqulov.

    Alim Yo‘ldoshev

    Alim Yo‘ldoshev
    Foto “Daryo”

    “Salimov Abdujabbor” fermer xo‘jaligi rahbari Alim Yo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, 20 gektar maydonga ekilgan paxtasi haligacha kultivatsiya qilinmagan.

    “Klasterga ishonib, 76 sxema bo‘yicha paxta ekkandik. Bugungi kunga kelib esa birov ahvolimiz bilan qiziqmayapti, — deydi Alim Yo‘ldoshev. — Paxtaning agrotexnik tadbirlari kechikyapti. Hokim o‘rinbosaridan yordam so‘radik, ammo natija yo‘q. Shartnoma qilgan bo‘lsang, texnikani ham top, deydi. Tuman bo‘yicha 76 sxemada ekilgan paxtani kultivatsiya qiladigan texnika yo‘q-da. Kooperatsiya esa shartnoma tuzish uchungina kelib ketgandi. Unda na texnika bor, na rahbar”.

    Fermerlar 76 sxema bo‘yicha paxta ekilganini klaster imkoniyati bilan izohlamoqda.

    “76 sxema bo‘yicha ekilgan paxtani terim mashinalarida terib olish imkoniyati bor, terim puli arzon bo‘ladi, deyishgani uchun shunday ekkandik. Bugungi kunda esa qiyin ahvolda qolyapmiz”, — deydi fermerlar.

    Fermerlarning aytishicha, kooperatsiya bilan ishlay boshlaganidan so‘ng nafaqat texnikada, balki o‘g‘it olishda ham muammoga duch kelinmoqda.

    “Uch kundan beri o‘g‘itga boraman, ammo ololmayman. Hokimiyatga chiqsak, muammo emas, beradi, deyishadi. O‘g‘it uchun berilgan Humo kartamdagi 14 million so‘m pulni esa kooperatsiyaga o‘tkazib yuborishibdi. Pulini allaqachon olishsa-da, o‘g‘it berishmagan”, — deydi Alim Yo‘ldoshev.

    Yunus Haqberdiyev

    Yunus Haqberdiyev
    Foto: “Daryo”

    “Kaliy o‘g‘itini topolmay sarsonman. O‘g‘it uchun borsam, kaliy yo‘q, deyishdi. Keyin fermerlardan birida bor ekan, almashib turaylik, deb oldim”, — deydi “Ayubjon-Dinara” fermer xo‘jaligi rahbari Yunus Haqberdiyev.

    “O‘roqova Gulchehra Nosirovna” fermer xo‘jaligi rahbari Gulchehra Nosirovaning aytishicha, fermerlarga o‘g‘it berayotgan mas’ullar qo‘shib yozishni odat qilgan.

    “O‘g‘it olib kelishga borsak, o‘sha yerda o‘tirgan mas’ullar 100 kilo qo‘shib yozadi. Masalan, 5 tonna o‘g‘it olsak, 5 tonna 100 kilo qilib yozishadi. Kooperatsiya yangi tuzilgan bo‘lsa-da, o‘g‘it berishga mas’ullar eski ‘bo‘rilar’. Klasterning esa egasi bor edi, har bir holat nazoratda ushlab turilardi. Bunaqa talon-toroj qilishmasdi”, — deydi Gulchehra O‘roqova.

    Gulchehra O‘roqova

    Gulchehra O‘roqova
    Foto: “Daryo”

    Alim Yo‘ldoshevning aytishicha, hokim topshirig‘iga ko‘ra fermerlarning shaxsiy plastik kartasidagi pullar ularning ruxsatisiz kooperatsiyaga o‘tkazib yuborilgan.

    “Bolta aka degan bank xodimiga plastik kartamdagi pul qani, deb so‘rasam, hokim topshirig‘i bilan fermerlarning plastik kartasidagi pullar kooperatsiyaga o‘tkazib berilganligini aytdi, — deydi Alim Yo‘ldoshev. — Eng ajablanarlisi, fermerga paxta uchun kredit berishadi-yu, pulni fermer ruxsatisiz o‘zgalar sarf qilishadi. Bizdan umuman so‘rab ham o‘tirishmaydi. Ammo hokim topshirig‘i bilan sarf qilingan o‘sha pullarni oxirida biz to‘laymiz. Xullas, pul bizning nomimizga chiqadi, sarflovchilar boshqa bo‘ladi”.

    “Munavvarbonu” fermer xo‘jaligi rahbari Gulyara Cho‘lliyevaning aytishicha, kooperatsiya chopiq va yagana ishlari uchun kam mablag‘ ajratmoqda.

    Gulyara Cho‘lliyeva

    Gulyara Cho‘lliyeva
    Foto: “Daryo”

    “Kooperatsiya bilan majburan shartnoma imzolatishgani yetmagandek, chopiq uchun gektariga 100 ming so‘mdan berishyapti. Biz esa gektariga 300-400 ming so‘mdan xarajat qilyapmiz. Berilgan pul yetmayapti”, — deydi Gulyara Cho‘lliyeva.

    “Ayubjon-Dinara” fermer xo‘jaligi rahbari Yunus Haqberdiyevning aytishicha, kooperatsiya o‘z vazifasini bajarishga qodir emas.

    “Kooperatsiya nafaqat chopiq uchun kam pul beryapti, eng asosiy ishi texnika masalasida ham yordam berolmayapti. O‘tgan yili traktor sotib olgandim. Eskiligi uchun ish bermayapti. Dalaga chiqqan traktor hech qancha ish bajarmay, dalaning o‘zida buzilib qolyapti. Ishlar esa qolib ketyapti”, — deydi Yunus Haqberdiyev.

    Foto: “Daryo”

    “Klaster davrida traktorlarimiz buzilsa yoki yordam kerak bo‘lsa, o‘z vaqtida dalaga olib kelishardi. Biz daladan chiqmay ishlardik. Hozir esa dalaga kirishga vaqt yo‘q. Goh traktorga ehtiyot qism olib kelishga, goh yoqilg‘iga, o‘g‘itga deb ko‘chadan beri kelmay qoldik. Dala ishlari esa qolib ketyapti", — deydi “Munavvarbonu” fermer xo‘jaligi rahbari Gulyara Cho‘lliyeva.

    “Matniyoz Bahodir” fermer xo‘jaligi rahbari Islom Norqulovning aytishicha, chopiqqa kam pul berilishidan tashqari fermerlarga yetarli darajada yoqilg‘i ham berilmayapti.

    Islom Norqulov

    Islom Norqulov
    Foto: “Daryo”

    “Kuniga 30 litr ‘solyarka’ berishyapti. Texnikalarimiz bu ‘solyarka’ bilan hech qancha vaqt ishlamaydi. Yetarlicha beringlar desak, tugab qoldi, ertaga beramiz, deyishadi. Dala ishlari kutib turmaydi-ku. O‘tayotgan har bir kun fermerlar uchun g‘animat.

    “G‘iyos Islom” fermer xo‘jaligi rahbari Islom Jumayev fermerlarning chopiq uchun kam pul berilyapti, degan gaplarini rad etdi.

    Islom Jumayev

    Islom Jumayev
    Foto: “Daryo”

    “Kooperatsiya paxta chopig‘i uchun gektariga 200 ming so‘mdan ko‘p pul beryapti, — deydi Islom Jumayev. — Chopiq uchun pul bo‘yicha menda muammo bo‘lmadi. Texnika borasida esa kooperatsiyaga ishim tushmadi. Chunki o‘zimning texnikalarim yetarli.

    Tumandagi Agro gold fermer xo‘jaligi rahbari Bekzod Toshev kooperatsiya bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa-da, haligacha klaster bilan ishlayotganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Kooperatsiyada faqat muhr va tamg‘a bor. Boshqa hech narsa yo‘q. Kooperatsiya bilan mening fermer xo‘jaligimning farqi yo‘q. Unda bor muhr menda ham bor. Har ikkalamizda ham texnika yo‘q. Shunday ekan, kooperatsiya bilan ishlashdan foyda yo‘q. Pulga bo‘lsa-da, kelishib klaster texnikalaridan foydalanyapmiz”, — deydi Bekzod Toshev.

    Fermer kooperatsiyaning ish faoliyatiga shubha bilan qaramoqda.

    Bekzod Toshev

    Bekzod Toshev
    Foto: “Daryo”

    “Kooperatsiya xodimlari vazifasi va qiladigan ishlarini haligacha tushunib yetmagan ko‘rinadi. Men bilan shartnoma tuzish uchun ikki nafar xodimi dalamga keldi, savollarimga javob olmoqchi bo‘lib, muammolarni aytdim. Ammo o‘zlari ham hali tushunib yetmagan ekan, aka bizga oylik to‘lashyapti, biz ishlayapmiz, deyishdi. Ammo xodimlar vazifasi nimadan iborat ekanligini haligacha bilishmaydi”, — deydi fermer Bekzod Toshev.

    Eslatib o‘tamiz, Qarshi tumanida faoliyat yuritib kelgan klaster Sulton Tex Group rahbari selektorlarda qatnashmaganligi va hokimning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaganligi sababli faoliyati to‘xtatilgandi. Hokimning harakatidan norozi bo‘lgan klaster uni sudga bergan. Ayni kunda sud jarayonlari davom etmoqda.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    Mavzuga doir: 

    • Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi
    • Qarshi tuman hokimi va o‘rinbosari sudda ikki xil ko‘rsatma berdi. Qay birining gapi rostligi ochiq qolmoqda
    • Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva: “Aripovdek quyushqondan chiqadi deb o‘ylasangiz, menda bunday bo‘lmaydi”

    05.06.2020, 11:57   Izoh (0)   22372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona viloyatida 2020-yil boshida salkam 60 ming yosh xorijga chiqib ketgan

    05.06.2020, 11:01

    Andijonda qo‘shma korxona ombori mudiri o‘z joniga qasd qildi

    05.06.2020, 10:54

    Toshkentda yosh yigitlarning ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olinayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

    05.06.2020, 10:39

    Xorazmda yana kuchli shamol kuzatildi: tomlar uchib ketgan, ko‘plab daraxt va simyog‘ochlar qulagan (foto)

    05.06.2020, 10:10

    Toshkentda aholi orasida yana koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3965 nafarga yetdi

    05.06.2020, 10:04

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

    05.06.2020, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.