• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Alkogol mahsulotlari ulgurji savdosiga litsenziya olish osonmi? Mas’ullar va tadbirkor javob beradi

    2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 301-son qarori tasdiqlandi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorga asosan barcha yuridik shaxslar alkogol mahsulotlari ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish imkoniyati yaratilgan edi.

    O‘tgan qisqa fursat ichida Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiya tomonidan ilk korxonaga alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi birinchi litsenziya rasmiylashtirildi ham. Xo‘sh, mazkur litsenziya olishning tartibi qanday? Unga qanday omillar sababchi bo‘ldi va endilikda qanday yengilliklar yaratadi? Talab bormi? Ayni shu savollar yuzasidan yuqorida nomi qayd etilgan mas’ul inspeksiyaning bo‘lim boshlig‘i Omadbek Baratov aniqlik kiritib o‘tdi.

    Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Omadbek Baratov

    Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Omadbek Baratov
    — Alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosida tartibga solish sohasida qanday o‘zgartirishlar joriy etildi?

    O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari ulgurji savdo bilan davlat ulushi bo‘lgan 72 ta korxonalar faoliyat yuritgan, qisqa qilib aytganda davlat monopoliyasi o‘rnatilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 301-son qaroriga asosan alkogol mahsulotlarini ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi. Qaror bilan alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosida barcha tadbirkorlik subyektlarini faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.

    — Barcha tadbirkorlik subyektlariga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi uchun litsenziya berishni tasdiqlashga nima sabab bo‘ldi?

    2020-yilgacha bo‘lgan davrni tahlil qilganimizda, davlat ulushi mavjud korxonalarning oxirgi yillardagi tovar aylanmasining kamayishi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar oldidagi qarzdorliklarini oshganligi kuzatilgan. Ulgurji sharob savdo bazalarining boqimanda holatga tushib qolganligi hamda belgilangan biznes reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi ta’minlanmasdan qolgan. 2019-yil sentyabr oyida 10 ta sharob savdo bazalari bankrotlik holatiga kelib qolgan hamda faoliyati tugatilgan. 2020-yil 1-iyun holatiga davlat ulushi bo‘lgan 52 ta sharob savdo bazalari “E-auksion savdo portali orqali tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlar asosida sotilgan.

    Shu bilan birga, xalqaro tajribalar o‘rganilganda, Rossiya, Qozog‘iston, Belorus, Ispaniya, Fransiya va Shvetsiya kabi davlatlarda ushbu faoliyat turi litsenziyalanadi hamda davlat monopoliyasi o‘rnatilmagan.

    — Litsenziyani rasmiylashtirish jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga qanday afzalliklar yaratildi?

    Tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 ta hujjat taqdim etilishi va Inspeksiya tomonidan litsenziya olish arizasiga asosan besh kun muddatda litsenziya talabgorining ishtirokisiz tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari va Moliya vazirligining G‘aznachiligidan so‘rash yo‘li bilan ma’lumotlar olinadi. Litsenziyani rasmiylashtirish jarayonlari 15 kundan oshmagan muddatlarda holda amalga oshiriladi.

    Litsenziya talabgorlari kichik yoki o‘rta biznes vakillari o‘rtasida ko‘pligini inobatga olib, ustav jamg‘armasi 223 mln.so‘m etib belgilandi. Ushbu litsenziya talabi Rossiyada – 10 mln rubl (1,3 mlrd so‘m) va Belarusda – 100 ming Yevro (1,1 mlrd so‘m) miqdorida belgilangan.

    — Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish qanday?

    Inspeksiyaga shu yilning 21-mayidan boshlab, har kuni o‘rtacha 20 ta tadbirkorlar litsenziya olish tartibi, talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati yuzasidan telefon orqali murojaat qilinmoqda. Barcha savollar yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar olib borilmoqda.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra respublikaning barcha tuman va shaharlarida alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar tashkil etiladi.

    Bu esa o‘z navbatida, barcha tuman va shaharlarda qalbakialkogol mahsulotlari savdosini kamayishiga hamda birinchi navbatda mahalliy byudjetlar daromadlar bazasining kengayishini ta’minlaydi.

    — Litsenziatlar ustidan nazorat o‘rnatilishi bo‘yicha qanday talablar bor?

     

    Qarorga asosan 8 ta litsenziya talablari belgilangan. Asosiy litsenziya talablari alkogol mahsulotlarining Hisobga olish axborot tizimiga hisobga olinishi, savdo qoidalariga hamda mahsulotlarni saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilishi hisoblanadi.

    O‘z navbatida, Litsenziatga litsenziya talablari buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llash yoki qo‘pol ravishda buzish holatlarida litsenziya tugatilishi ko‘zda tutilgan.

    Qaror chiqqanidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumanida joylashgan “Ellikqal’a savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati birinchilardan bo‘lib ana shunday litsenziyani rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Korxona rahbari Umid Abdullayev litsenziyani qo‘lga kiritgan birinchi tadbirkor sifatida fikrlarini bo‘lishdi.

    — O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi uchun litsenziya olgan birinchi tadbirkor sifatida jarayon haqida qanday fikrdasiz?

    Yangilik haqida Moliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan xabar topdim. Litsenziya olish uchun 1 kun ichida hujjatlarni tayyorlab, pochta orqali 27-may kuni Inspeksiyaga yubordim.

    — Litsenziya uchun qanday hujjatlar tayyorlab taqdim etdingiz?

    Qaror bilan tadbirkorlar uchun yengillashtirilgan tartib joriy qilingan ekan. Unga qo‘ra bor yo‘g‘i 3 dona hujjat: ariza, bino kadastri va ustav jamg‘armasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etdim.

    — Litsenziya olish uchun boshqa davlat organlaridan ortiqcha ma’lumotnomalar taqdim etish talab etilmas ekan. Inspeksiyaga litsenziya hujjatlari bo‘yicha Toshkentga kelib ketish so‘raldimi?

    Hujjatlarni pochta orqali taqdim etganimdan so‘ng, 1-iyun kuni telefon orqali Inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilganligi, ijobiy xulosa berilganligi hamda yillik litsenziya to‘lovlarini to‘lashim mumkinligi aytishdi. O‘sha kunning o‘zida to‘lovlarni amalga oshirdim. Menga qisqa muddatlarda litsenziyani rasmiylashtirilishi tushuntirildi. Toshkentga borib kelish talab etilmadi.

    — Litsenziyani necha kunda rasmiylashtirib berishlarini rejalashtirgan edingiz?

    Qaror bo‘yicha 15 kun muddatda rasmiylashtirilishi belgilangan, ammo kutganimdan ko‘ra tezroq, ya’ni 7 kunda litsenziya berilganligi ma’lum qilindi.

    — Faoliyat bo‘yicha kelgusida qanday biznes rejalar qilgansiz?

    Kelgusida rejalarim katta, eng avvalo qo‘shimcha ish joylarini yaratishdan iborat. Yaratilgan sharoitdan juda xursandman, endilikda men ham ushbu faoliyat bilan bemalol shug‘ullana olaman hamda davlat byudjetiga o‘z hissamni qo‘shaman, degan umiddaman.

    Reklama huquqi asosida.

    04.06.2020, 12:00   Izoh (0)   32832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tyulen moyi — salomatlik va uzoq umr manbayi

    04.06.2020, 09:00

    Mirabad Avenue: Ramazon 16% aksiyasi yakunlari

    03.06.2020, 18:00

    IELTS imtihonini kompyuterda va uyda o‘tirib muvaffaqiyatli topshirish sirlari

    03.06.2020, 15:00

    Havo juda ham issiqmi? Bunday paytda hovlingizda muzdak suvga to‘la basseyn bo‘lishiga nima deysiz?

    03.06.2020, 12:00

    “Huvaydo”dan ajoyib va qimmatbaho sovg‘alar!

    03.06.2020, 09:00

    Yangi biznes boshlash uchun qulay imkoniyat!

    02.06.2020, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi: 3 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 12:59

    O‘zbekistonda 19-avgust kuni harorat nisbatan ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:45

    Aleks Fergyuson: “Messi 1950-yillarda ham xuddi shunday darajada o‘ynagan bo‘lardi”

    Sport | 18 avgust, 12:43

    O‘zbekistonda ikki kun umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:32

    Xitoyda sun’iy bachadonga ega robot ishlab chiqiladi

    Ilm-fan | 18 avgust, 12:28

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 12:13

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:05

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.