• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zagrohimoya”: O‘zbekistonga “chigirtka balosi” xavf solayotgani yo‘q

    O‘zbekiston hududiga chigirtkalarning katta miqdordagi zararli to‘dasi kirib kelgani haqida ma’lumot kelib tushmagan, hozirgi vaqtda bunday xavf yo‘q. Bu haqda “O‘zagrohimoya” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi O‘tkir Mirzayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘tkir Mirzayevning ta’kidlashicha, Tojikistondan Surxondaryo viloyatiga va Turkmanistondan Qashqadaryo, Buxoro viloyatlariga shamol orqali oz miqdorda chigirtkalar kirib kelishi mumkin. Ammo bu xavfni bartaraf etish uchun chegara hududlarida kuch va vositalar shay holatda turibdi.

    “Hozirda 200 ga yaqin texnika va 700 dan ziyod ishchi-xodimlar zararli chigirtkalarga qarshi kurashish uchun jalb qilingan. Chegara hududlarimizda ham maxsus texnikalar shay turibdi. Chigirtkalarning har qanday xavfli to‘dasini yo‘q qilish uchun texnik imkoniyatlarimiz ham, kimyoviy dori vositalarimiz ham yetarli”, — dedi u.

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga chigirtkalar to‘dasi kirib kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Bundan tashqari, Eron va boshqa O‘zbekistonga yaqin mamlakatlarga chigirtkalar galasi yopirilgani haqida xabarlar ham ko‘p uchramoqda.

    “Eronda kuzatilgan Marokash chigirtkalari to‘dasining O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli juda kam. Eronga Afrikadan kirib kelgan Marokash chigirtkalari asosan cho‘llarda uchraydi. Bu kabi chigirtka turlari O‘zbekistonda ham bor, lekin tarqoq holda yashaydi”, — dedi “O‘zagrohimoya” vakili.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonga ham chigirtkalar kirib kelgani haqidagi videolavhada asos yo‘q, unda biror manzil ham aytilmagan. Shu vaqtgacha O‘zbekistonning biror hududiga chigirtka to‘dasi kirib kelgani haqida aholidan murojaat tushgani yo‘q, mutaxassislarimiz tomonidan ham bunday holat qayd etilmagan”, — dedi Mirzayev.

    Uning ta’kidlashicha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham chigirtka xavfi yo‘q. “Qirg‘izistonlik hamkasblarimiz chigirtkalar harakati ancha susayib, uchib o‘tish xavfi yo‘qligini ma’lum qilishdi. Hududimizda mavjud chigirtkalar uzog‘i bilan 15—20 kunda tabiiy ravishda yo‘q bo‘lib ketadi”, — dedi “O‘zagrohimoya” mas’ul xodimi.

    O‘tkir Mirzayevning ta’kidlashicha, buning uchun zararli chigiritkalarga qarshi kimyoviy tozalash ishlari olib borilmoqda. Bunday tozalash ishlari O‘zbekistonda har yili olib boriladi.

    “O‘zbekistonning qirlik, adirlik va tog‘li hududlarida chigirtkalarning tabiiy o‘choqlari bo‘lib, u yerga chigirtkalar tuxum qo‘yadi. Kuz va bahorda chigirtkalar tuxum qo‘ygan joylarda kuzatuv olib boriladi. Bir metr kvadrat maydonda qancha tuxum borligiga qarab kimyoviy vositalar sepiladi. Hozirgacha xavf mavjud bo‘lgan joylarda 50 foizdan ortiq kimyoviy tozalash ishlarini yakunladik, bu boradagi ishlar hali davom etmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi O‘tkir Mirzayev.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston bo‘yicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda tarqalishi bashorat qilingan. 15-may holatiga ko‘ra mamlakat bo‘yicha zararli chigirtkalarning 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan edi.

    01.06.2020, 22:10   Izoh (0)   65203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditga beriladigan namunaviy uy olib berish evaziga 3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    01.06.2020, 21:44

    Toshkent viloyatida karantin boshidan buyon 15560 ta avtotransport jarima maydoniga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi

    01.06.2020, 21:20

    O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya necha foizni tashkil etgani ma’lum qilindi

    01.06.2020, 20:56

    Farg‘onada bolalar va o‘smirlar sport maktabini ta’mirlashda 150 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

    01.06.2020, 20:43

    Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi (video)

    01.06.2020, 20:19

    O‘zbekistonda yozning me’yoridan ortiq issiq bo‘lishi prognoz qilindi

    01.06.2020, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.