O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni Qirg‘iziston bilan chegara zonasida joylashgan Farg‘ona viloyati So‘x tumani aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuvdan fotolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni O‘zbekistonnin Chashma va Qirg‘izistonning Chechme qishloqlari aholisi Qirg‘iziston hududidagi “Chechme” bulog‘ini tozalash vaqtida tortishib qolgan, bu keyinroq nisbatan katta mojaroga aylanib ketgan edi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy axborot berildi
Uchrashuv tafsilotlari ma’lum emas. TIV axborotiga ko‘ra, aholi bilan uchrashuv arafasida bosh vazir Abdulla Aripov Kubatbek Bo‘ronov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashgan. Uchrashuvda mojaro aybdorlarini jazolashga kelishib olingan.
Izoh (0)