Toshkent shahrida aholi orasida kasallanish holatlari hamon oshib bormoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Poytaxtda 1-iyun kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra aniqlangan 10 ta yangi kasallanish holatining to‘rttasi ham aholi orasidan qayd etilgan.
Jumladan, “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchi va uning qizida, shuningdek, mahsulotlarni shu bozordan olib, Yunusoboddagi do‘konda savdo qiluvchi fuqaro va uning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus tasdiqlangan.
Izoh (0)