“AvtoVAZ” yangilangan Lada Largus FL’ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar kamuflyaj ostidagi yangi dizaynga ega model Tolyatti ko‘chalarida paydo bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.
Yangilanish avtomobilning old qismiga tegishli — Largus Vesta va XRay kabi X ko‘rinishidagi old tomonga ega bo‘ladi. Aynan shu sabab bilan bir yil oldin Granta oilasi modernizatsiya qilingandi. Bundan tashqari, yangi dizayn doirasida old panel ham yangilanadi. Modelning texnik tomoni o‘zgarishsiz qoladi: Largus FL’ga 1,6 litrli 87 yoki 106 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi. U mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.
Lada Largus’ning yangilangan dastlabki uch nusxasi 2020-yilning fevralida konveyrdan chiqqandi. Taxminlarga ko‘ra, model yoz faslida taqdim etiladi va kuzdan boshlab sotuvga chiqariladi.
Bugungi kunda universal Lada Largus narxi 627,9 ming rubl (8800 dollar)dan boshlanadi.
Izoh (0)