Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab avtotransport vositalari oynalarini “tonirovka” qilish narxi tushishi kutilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, avtotransport vositalari oynalarini “tonirovka” qilish narxlari pasayishi bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilmagan.
“Avtotransport vositalari oynalarini “tonirovka” qilish narxlari pasayishi bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilmaganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.
Shuningdek, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirish tartibi va narxlari belgilangan.
Izoh (0)