Mazkur shirinlik karantinda bolajonlarga nima pishirib bersam ekan deb boshi qotgan uy bekalari uchun ayni muddao.

Foto: “Na kuxne”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Sariyog‘ — 115 gr
  • Sut — 25 gr
  • Tuxum — 1 dona
  • Un — 150 gr
  • Kakao-kukuni — 50 gr
  • Shakar — 100 gr
  • Vanilin
  • Shakar kukuni
  • Razrixlitel

Tayyorlanish jarayoni:

  • Un, kakao-kukuni, razrixlitel va vanilin qo‘shib aralashtiring.
  • 90 gr sariyog‘ga shakar va tuxum qo‘shib mikser yordamida aralashtiring.
  • Kakaoli aralashmani sariyog‘li aralashmaga qo‘shing.
  • Xamir qoring.
  • Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, “paket”ga o‘rab, 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  • Krem tayyorlang: 25 gramm sariyog‘ni shakar kukuni, vanilin va 25 millilitr sut bilan mikserda aralashtiring.
  • Tayyor kremni muzlatkichga qo‘ying.
  • Kakaoli xamirni yoying, stakan yordamida dumaloq shaklda kesib chiqing va 170 daraja qizigan pechga 20 daqiqaga qo‘ying.
  • Tayyor pechenyelar o‘rtasiga krem surtib boshqasi bilan ustini yoping.

Yoqimli ishtaha!