Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati 3-turiga 24-may, yakshanba kuni yakun yasaldi.
Turning so‘nggi o‘yinida peshqadamlardan biri “Ulsan Hyonday” o‘z maydonida o‘zbekistonlik himoyachi harakat qilayotgan “Pusan Ay Park” jamoasini qabul qildi.
O‘yinda hisobni mehmonlar 55-daqiqada ochdi. Gol muallifi — Li Jong Xeop. 79-daqiqada esa mezbonlar vakili Junior Negao penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Doston Tursunov esa ikkinchi bo‘limda o‘z o‘rnini Kim Dong Vuga bo‘shatib berdi.
Musobaqa jadvali
Barcha gollarni Telegram’dagi @Gol_Video kanalida tomosha qiling!
Key-Liga3-tur bahslari24-may, yakshanba
“Ulsan Hyonday”—“Pusan Ay Park” 1:1
Gollar: 0:1 — 55 Li Jong Xeop, 1:1 — 79 Junor Negao.
Izoh (0)