“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” ustozi Zinedin Zidan bilan “Yuventus”da olib borgan birgalikdagi faoliyatini yodga oldi.
“Zidan orqali tizimga bo‘lgan o‘z qarashimni o‘zgartirishga uringandim. U o‘yin uslubimni o‘zgartirish va boshqacha o‘yin qo‘llashga o‘tishimga imkoniyat yaratgan ilk futbolchi edi.
Avvaliga biz 3-4-1-2 uslubini qo‘lladik, unda Alessandro del Pyero va Filippo Inzagi oldingi chiziqdan joy olgan, Zidan esa biroz orqada joylashgandi. Keyinchalik to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik, biroq hujum avvalgidek qoldi.
Zidan futbol haqidagi tasavvurlarimni o‘zgartirib yuborgan. “Yuventus”ga qadar 4-4-2 uslubi bilan harakat qilardim, biroq undan so‘ng bu borada o‘zgarish sodir bo‘ldi. Zidan o‘zini qulay his qilishi uchun uni eng yaxshi pozitsiyaga qo‘yishni xohlardim”, — deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti 1999—2001-yillar mobaynida “Yuventus”ni boshqarib borgan. Zidan esa 1996—2001-yillar oralig‘ida turinliklar sharafini himoya qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)