“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo sobiq jamoasi “Inter”ning Chempionlar Ligasi 2009/10-yilgi mavsumi guruh bosqichi doirasida “Dinamo Kiyev”ga qarshi o‘yinini (2:1) yodga oldi.
“Dinamo”ga qarshi o‘yindan so‘ng yig‘laganman. Men har doim faqat g‘alabadan so‘ng yig‘layman. Bu birinchisi bo‘lgandi.
Jamoa o‘sha o‘yinda yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Tanaffus paytida kerakli taktik o‘zgarishlarni amalga oshirgandim. Bizni hatto durang ham qoniqtirmasdi.
Futbolchilarni yuragiga yetib borishni uddalaganman. Biz musobaqani tark etishga bu qadar yaqin kelmagandik”, — deydi Mourinyo.
Yevropa Chempionlar Ligasi 2009/10-yilgi mavsumida “Inter” F guruhida “Barselona”, “Rubin” va “Dinamo Kiyev” bilan bahs olib boradi. Guruhda ikkinchi o‘rinni olib pley-offga yo‘llanma olgan milanliklar oxir-oqibat chempionlikni qo‘lga kiritgandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)