Barra salat bargi va yangi sarimsoq piyoz qo‘shilgan tovuq go‘shtli “Sezar” salati iftorlik dasturxoningizni bezashi tayin. Ushbu yegulik to‘yimli, shuningdek, foydali vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Salatga qo‘shiladigan mayonez uy sharoitida tayyorlansa yana ham mazaliroq bo‘ladi.

Foto: “Chudo povar”

Kerakli mahsulotlar:

  • Tovuq filesi — 200 gr
  • Cherri pomidor — 3 dona
  • Tuxum (bedana tuxumidan foydalanish tavsiya qilinadi, lekin tovuq tuxumidan ham tayyorlash mumkin)
  • Salat bargi — yarim bog‘
  • Pishloq — 200 gr⠀
  • Baton non — 200 gr
  • Sarimsoq piyoz — 2 bo‘lak
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
  • Zaytun yoki o‘simlik yog‘i — 100 ml

Tayyorlanish jarayoni:⠀

  • Baton nonni “kubik” qilib kesib olib, o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
  • Sarimsoq piyoz, tuz va pishloq qo‘shib aralashtiring.⠀
  • Tovuq filesini yirikroq shaklda kesing, tuz, murch va yog‘ qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
  • Quruq tovaga solib tillarang tusga kirgunicha qovuring.
  • 3 osh qoshiq suv qo‘shib, 10-15 daqiqa dimlang.
  • Mayonezga pishloq, sarimsoq piyoz qo‘shib aralashtiring.
  • Idishga birinchi to‘g‘ralgan salat bargi va baton solib ustidan sous quyib aralashtiring.
  • Tarelkaga aralashmani solib, ustidan tuxum va cherri pomidorlarini terib chiqing.
  • Eng ustida tovuq go‘shtini qo‘ying.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni seping.

Salat tayyor, yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.