Ijtimoiy tarmoqlarda 20-may kuni Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi kanalda ayol kishi oqib ketganligi tasvirlangan video tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. Ayolning o‘limi sababini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Ayolning shaxsini aniqlash bo‘yicha barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Tekshirish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)