Daniya va Islandiya rassomi Olafur Eliasson to‘ldirilgan reallikda kunstkamera (noyob kabinet) yaratdi. Loyiha Wunderkammer nomini oldi, deb yozadi Esquire.
Eliassonning kunstkamerasida AR-texnologiyalar yordamida tabiiy muhitning quyosh, kamalak va yomg‘ir yog‘ib turgan bulutlar singari elementlari, shuningdek, qirilib ketish arafasida bo‘lgan qushlar va jonivorlar, xususan, tupik qushi yaratilgan.
Bu obyektlarni uy ichida ko‘rish uchun Acute Art dasturini yuklab olish kifoya. Shunda uyingizda quyosh charaqlay boshlaydi yoki qirilib ketish arafasida bo‘lgan tupik sakray boshlaydi, deyiladi xabarda.
Olafur Eliasson atrof-muhit ifloslanishi hamda iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlangan ishlari bilan mashhur. U o‘z ijodiy ishlarida tabiatni o‘rganish hamda boshqa tabiat hodisalariga tez-tez murojaat qiladi.
https://www.instagram.com/p/CAKrRHWnZkO/
Izoh (0)