Rossiya gvardiyasi karantin qoidalarini buzgan fuqarolarni aniqlash uchun “OKO” yuqoridan kuzatish kompleksidan foydalana boshladi, deb xabar berdi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Kompleks yuqori sifatli kamera o‘rnatilgan havo sharidan iborat. Qurilma aholini 300 metr balandlikda va 5 kilometr radiusda kuzata oladi.
Aniqlangan qoidabuzarlarning oldiga tegishli jazo chorasini qo‘llash uchun patrul yuboriladi.
Avvalroq Rossiyada 16-may holatiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 119 kishi koronavirusdan vafot etib, qurbonlar soni 2 537 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)