• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ilk bor aholi turmush darajasi haqidagi tahlil natijalari e’lon qilindi

    Markaziy bank daromad darajasi turlicha bo‘lgan aholi guruhlariga inflyatsiyaning ta’sirini hududlar kesimida o‘rganib chiqdi. Bunday tadqiqot natijalari ilk bor e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unda uy xo‘jaliklari xarajatlari va daromadlari bo‘yicha so‘rov (UXDS) natijalari hamda hududlar kesimidagi iste’mol narxlari indeksi (INI) ma’lumotlari asosida uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari o‘sishi tahlil qilingan. Shuningdek, olingan natijalar asosida INI va yashash qiymati o‘rtasidagi tafovutlar o‘rganilgan.

    So‘rov natijalarida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklari daromadlarining taqsimlanishida respondentlarning asosiy qismi — 38,7 foizi oyiga 2-4 millon so‘m daromadga ega bo‘lganlar guruhiga kiradi.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Har xil daromadga ega uy xo‘jaliklari guruhlari xarajatlari tarkibidagi tafovut tahlili kam daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari yuqori daromadli guruhlarga qaraganda o‘z xarajatlarining ko‘proq qismini oziq-ovqat mahsulotlariga va kamroq qismini nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar (ya’ni transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar)ga sarflashini ko‘rsatdi.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Daromad darajasining o‘sib borishi bilan iste’mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi sezilarli darajada pasaygan. Daromadlari 6 million so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarining iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 million so‘mdan past bo‘lgan uy xo‘jaliklarinikiga qaraganda o‘rtacha 26 foiz bandga kam.

    Respondentlarning yosh guruhlari bo‘yicha tahlil keksalar tomonidan daromadlarining ko‘proq qismini (o‘rtacha 80 foizini) oziq-ovqat mahsulotlariga, yoshlar tomonidan esa nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlariga sarflanishini ko‘rsatdi.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Bunda 30-55 yoshdagi aholining xarajatlari 30 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhiga nisbatan 18 foizga va 55 yoshdan oshgan aholiga nisbatan 63 foizga ko‘proq. 30-55 yoshdagi aholi iste’moli tarkibida nooziq-ovqat tovarlari ulushining nisbatan yuqori bo‘lishi ushbu guruh vakillari kommunal xizmatlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarning asosiy to‘lovchilari ekanligi bilan bog‘liq.

    Turli hududlardagi inflyatsiya ko‘rsatkichlari

    Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida inflyatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan sezilarli farq qiladi. Yuqori daromadli hududlarda nisbatan yuqori inflyatsiya darajasi kuzatilmoqda.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Toshkent shahri, Toshkent va Buxoro viloyatlari kabi yuqori daromadli hududlarda (Navoiy viloyatidan tashqari) inflyatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori shakllangan.

    Ushbu hududlar aholisi respublika umumiy aholisining 30 foizini tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari nisbatan past daromadga ega bo‘lgan hududlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi inflyatsiya darajasi mamlakatdagi o‘rtacha inflyatsiya darajasiga nisbatan past hisoblanadi. Mazkur hududlarda mamlakat umumiy aholisining 27 foizi istiqomat qiladi.

    Aksariyat hududlarda past daromadga ega o‘zbekistonlar nisbatan yuqori inflyatsiya darajasini sezgan.

    Nisbatan kam daromadli guruhlar xarajatlarining katta qismi oziq-ovqatlarga sarflagani uchun 2019-yilda oziq-ovqat inflyatsiyasi 18,6 foizni tashkil etganda ularda nisbatan yuqori inflyatsiya sezilgan.

    Shuningdek, kam daromadli aholi guruhlari yil davomida nooziq-ovqat tovarlari narxlari o‘sish darajasining pasayishidan kamroq manfaat ko‘rdi. Yuqori daromadli hududlarda yashovchi kam daromadli uy xo‘jaliklari esa yashash qiymatining ko‘proq o‘sishiga duch kelmoqda.

    Oylik sezilgan inflyatsiya dinamikasi ham daromad darajasi turlicha bo‘lgan uy xo‘jaliklari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Bunda kam daromadli uy xo‘jaliklarining iste’mol to‘plamida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi yuqoriligi sababli ushbu uy xo‘jaliklariga mavsumiy o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan oziq-ovqat inflyatsiyasi yanada kuchliroq ta’sir etadi.

    2019-yilda aholining umumiy daromadlari 21,9 foizga oshgan va umumiy xarajatlarning o‘sishi ham shunga mutanosib darajada o‘sgan.

    Batafsil tahlil asosida olilalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan:
    • xarajatlari miqdori daromadlaridan yuqori bo‘lgan. Bu guruhga pul ko‘rinishidagi daromadlariga nisbatan ko‘proq xarajat qiladigan, asosan, kam daromadli guruhga mansub uy xo‘jaliklari kiradi va iste’molining ma’lum qismini uy sharoitida yetishtirishi yoki xarajatlarning bir qismini qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan qoplashi bilan izohlash mumkin;
    • nisbatan kam daromadli va yuqori darajadagi moliyaviy majburiyatli. Mazkur uy xo‘jaliklarining moliyaviy majburiyatlari, shu jumladan, kredit to‘lovlari ancha yuqori darajada. Natijada nisbatan kam miqdordagi tejashga ega bo‘lgan ushbu uy xo‘jaliklari narxlar va daromad darajasidagi o‘zgarishlar (shoklar)ga juda ta’sirchan hisoblanadi;
    • qat’iy belgilangan daromad oluvchi. 2019-yilda aholining yalpi real daromadlari 6,5 foiz darajasida o‘sgan bo‘lsa-da, daromadlarining real o‘sishi kam bo‘lgan yoki umuman o‘smagan aholi guruhi mavjud (nafaqadagilar yoki qat’iy belgilangan daromad oluvchilar).
    Umuman olganda, tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tomonidan seziladigan inflyatsiya darajasi xarajatlar tarkibi va narxlarning o‘zgarishiga qarab farq qiladi. Xususan, yuqori darajada shaharlashgan hududlarda istiqomat qiluvchi kam daromadli uy xo‘jaliklari yuqori darajadagi inflyatsiyani sezadi.

    Umumlashtirilgan holda yashash qiymatining o‘sish darajasi o‘rtacha daromadlar o‘sishiga mutanosib bo‘ladi.

    Ayni paytda alohida guruhlar bo‘yicha tahlillar yashash qiymatining o‘sishiga juda ta’sirchan bo‘lgan aholi guruhlari mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:

    • xarajatlari miqdori umumiy daromadlaridan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari;
    • kam daromadli va yuqori darajadagi moliyaviy majburiyatlarga ega uy xo‘jaliklari;
    • qat’iy belgilangan daromad oluvchi uy xo‘jaliklari, shu jumladan, nafaqa oluvchilar.
    Xulosa

    Inqirozli vaziyat va cheklov choralari sharoitida aholining past darajada daromad oladigan qatlamlari asosiy iste’mol tovarlar narxlari o‘zgarishiga kuchliroq ta’sirchan bo‘ladi.

    Past daromad oladigan aholining asosiy qismi iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyat yuritishini hisobga oladigan bo‘lsak, iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, ularning daromadlariga ta’sir ko‘rsatadi.

    Shu sababli yashash qiymati masalasi joriy vaziyatda muhim ahamiyat kasb etadi va past darajada daromad olayotgan aholi farovonligini oshirish uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi.

    Qisqa muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar:

    • bozorlarni yashash uchun muhim bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan ta’minlash hamda tovarlar taklifini rag‘batlantirish va yetkazib berish zanjirini tashkil etish orqali ular narxining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • ishga layoqatsiz shaxslar, shu jumladan, yolg‘iz ona va nogironligi bo‘lgan shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va muhim iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash;
    • ishsiz yoki kam ta’minlanganligi sababli sharoiti og‘ir bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslarga malaka oshirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlari yaratgan va sharoitlarni yaxshilagan tadbirkorlarni rag‘batlantirish;
    • qishloq joylarda agrar sohani isloh qilish orqali yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
    Uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar:
    • davlat va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari hisobiga oliy o‘quv yurtlarida kam ta’minlanganlar uchun kvota joylarini ajratish orqali “ijtimoiy ko‘tarilish” institutini yaratish;
    • aholini maqbul uy-joy va jamoat transporti bilan ta’minlash, moliyaviy ta’lim va aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish;
    • zamonaviy ta’limni moliyalashtirishni kengaytirish va zamonaviy axborot texnologiyalari, injenerlik, biotibbiyot va boshqa shu kabi zamonaviy mutaxassisliklarga yo‘naltirish;
    • kam ta’minlangan oilalar uchun maktab-gimnaziyalar sonini ko‘paytirish va bolalarni sifatli o‘rta ta’lim bilan ta’minlash.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida muomalaga qo‘shimcha qancha naqd pul chiqargani ma’lum bo‘ldi
    • Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid Prezident qarori qabul qilindi

    15.05.2020, 22:56   Izoh (0)   83330
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent hayvonot bog‘i 16-maydan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

    15.05.2020, 22:43

    Sardobadagi falokatdan zarar yetgan masjidlar “Vaqf” fondi mablag‘lari hisobiga qayta quriladi va ta’mirlanadi

    15.05.2020, 22:07

    Akmal Burhonov Rossiya TIV vakilining O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga bergan izohiga munosabat bildirdi

    15.05.2020, 22:07

    Rasul Kusherbayev Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda davlat tili haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

    15.05.2020, 21:55

    O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib oladi

    15.05.2020, 21:34

    “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi

    15.05.2020, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto va videolarni o‘chirmasdan telefon xotirasini bo‘shatishning 5 ishonchli usuli

    Maslahatlar | 19 iyun, 17:10

    Toshkentdan uchadigan barcha charter reyslar “Toshkent—Sharqiy” aeroportiga ko‘chiriladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:00

    Dunyoning eng boy va nufuzli blogerlari ro‘yxati e’lon qilindi

    Shou-biznes | 19 iyun, 16:55

    To‘rtta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 16:44

    Isroil nega AQSHning bunker bombasi bilan Eron yadro poligoniga zarba bermoqchi?

    Dunyo | 19 iyun, 16:42

    “Xalqimizning xarid qobiliyati, bozor madaniyati oshyapti” — prezident

    O‘zbekiston | 19 iyun, 16:24

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 16:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.