Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qarorga ko‘ra koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda – yangi tartib) joriy qilingan hamda xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilgan.

2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

  • qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so‘mdan 264 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 million so‘mdan 352 million so‘mgacha oshirilishi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

Moliya vazirligiga bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish, tijorat banklariga bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.

Qarorda jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish va yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etilishi, shuningdek shaharlarda, jumladan Toshkent shahrida 2 yoki 3 xonali kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat beriladi.

Bunda, kreditlar jismoniy shaxslarga:

  • qurilayotgan (qayta qurilayotgan) yakka tartibdagi uy-joy joylashgan joyi bo‘yicha mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan kreditning eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida 20 yil muddatga ajratiladi;
  • belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo‘yicha to‘lovlarni ularning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz shaklda amalga oshirish orqali beriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank 2020-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020 – 2021-yillar davomida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berildi.

2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha:

  • kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
  • foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Bunda, kafillik va kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda 2 xonali, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar maydonining belgilangan me’yorlarini inobatga olgan holda ko‘p kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak