• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suv jo‘mragi ishlamaydi, eshik qulfi nosoz. Devorlari mog‘orlab, o‘yilib tushmoqda”. G‘uzorliklar namunali uylarning yaroqsizligidan shikoyat qildi

    Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Amir Temur” mahallasida yashovchi fuqarolar foydalanishga topshirilganiga ikki yil ham bo‘lmagan namunali uylarning yaroqsizligidan shikoyat qildi.

    Aholi murojaatini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, 2018-yil foydalanishga topshirilgan namunali uylarning aksariyatida suv jo‘mraklari ishlamaydi. Xonadon eshiklariga o‘rnatilgan qulf nosoz yoki ishdan chiqqan. Uy devorlari esa mog‘orlab, to‘kilib tushmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Yangi uyga 2019-yil mart oyida ko‘chib kirgan bo‘lsak, bir yilda ko‘plab kamchiliklari ko‘zga tashlanib qoldi. Yuvinish xonasi uchun o‘rnatilgan suv jo‘mraklari ishlamaydi. Oshxona devorlari mog‘orlab, o‘yilib tushmoqda. Xona eshiklari qulflanmaydi. Ba’zilarining qulfi buzuq bo‘lsa, ba’zi eshiklar noto‘g‘ri o‘rnatilgani bois qulflanmaydi”, — deydi namunali uylarda yashovchi Zarina Umirova.

    Zarina Umirova

    Zarina Umirova
    Foto: “Daryo”

    Zarina Umirovaning ma’lumot berishicha, ular yashayotgan uy 2018-yil foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da, oila 2019-yil mart oyida uyga ko‘chib o‘tgan.

    Foto: “Daryo”

    “Yomg‘ir yog‘sa, deraza tagidan suv kirib uyimiz suvga to‘ladi. Qurilish tashkiloti rahbariga murojaat qilaverib charchadik. ‘Bugun tuzatamiz, ertaga tuzatamiz’, deyishdan nariga o‘tmaydi. Shu yil qishda juda qiynaldik. ‘Otopleniyeni’ ulaylik desak, issiqlik tizimi yaxshi o‘rnatilmagani uchun uyni suv bosib ketadi. Keyin elektr pech ham ishlatolmaymiz. Shu sabab ham farzandim qishda qayta-qayta shamolladi. Quruvchi esa bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaydi”, — deydi Zarina Umirova.

    Foto: “Daryo”

    Hududdagi arzonlashtirilgan uylar buyurtmachisi “Qishloqqurilishinvest”ning tumanga biriktirilgan mutaxassisi Suyun Boymurodovning gapiga ko‘ra, aholi uchun qurilgan uylardagi eshik va deraza romlarining sifatsizligi quruvchi va buyurtmachiga bog‘liq emas.

    Foto: “Daryo”

    “Deraza va eshik romlari bizga Toshkent shahridan keladi. Tenderda kim yutib olsa, o‘sha ta’minotchi olib keladi. Ularning sifati uchun biz javob bermaymiz. Bizning quruvchilar eshik va deraza romlariga o‘zgartirish kiritmaydi. Borini o‘rnatib beradi”, — deydi Suyun Boymurodov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillarining aytishicha, mazkur mahallada 2017, 2018 va 2019-yillarda ko‘plab namunali turar joylar qurilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Uch yil davomida ketma-ket qurilgan namunali uy-joylarning 2018-yil quruvchi Azamat Toshonov rahbarligida qurilganlari umuman sifatsiz. Talabga javob bermaydi”, — deydi shu uylarda yashovchi Lobar Annayeva. — Ammo 2017-yil quruvchi Mamayusuf Eshboboyev tomonidan qurilgan uylar sifatli. Shu kunga qadar biror-bir muammo kuzatilmagan”

    Foto: “Daryo”

    Shu mahalladan 2019-yil yangi uy xarid qilib, ko‘chib kirgan Lobar Tursunovaning ma’lum berishicha, u sotib olgan uy ham sifatsiz qurilgan.

    Lobar Tursunova

    Lobar Tursunova
    Foto: “Daryo”

    “Sotib olgan uyimizga 2019-yil bahor oyida ko‘chib kirishimiz kerak edi. Ammo uyning kamchiligi aniqlangach, ko‘chib o‘tmadik va ta’mirlab berishganidan so‘ng 2019-yil sentabr oyida uyga kirdik”, — deydi Lobar Tursunova.

    Lobar Tursunovaning aytishicha, unga tegishli uyning mehmonxona devori tekshirib ko‘rilganda g‘ishtdan so‘ng sement ishlatilmagani, devorga qumsuvoqdan keyin pardozlash ishlari bajarilgani ma’lum bo‘lgan.

    Foto: Lobar Tursunova

    “Devor qumsuvoqligicha qolgani va sement ishlatilmagani aniqlangach, quruvchiga shikoyat qildim va ko‘chib kirishdan bosh tortdim. Hatto Prezident portaliga ham murojaat qildim. Shundan so‘ng kelib, kamchilikni to‘g‘irlab berishdi”, — deydi Lobar Tursunova. — Ammo haligacha uy qurilishidagi kamchiliklar tugagani yo‘q”

    Foto: “Daryo”

    2018-yil mart oyida uy xarid qilgan Sirojiddin Qarshiyevning aytishicha, uyning nafaqat xonalarida, hatto tom qismida ham muammo bor.

    Sirojiddin Qarshiyev

    Sirojiddin Qarshiyev
    Foto: “Daryo”

    “Tomga chiqib ko‘rganimizda shifer tagida yetarli darajada yog‘och ishlatilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu kamchilik haqida qurilish tashkiloti rahbariga shikoyat qildik. Kelib tuzatib ketishdi”, — deydi xonadon vakillari.

    Ushbu uylarni qurgan qurilish tashkiloti “Namuna Sabrina maxsus servis” xususiy korxonasi rahbari Azamat Toshonovning tan olishicha, yuqorida tilga olingan kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Kamchiligi bor uylarning barcha muammolarini bartaraf etib, to‘g‘irlab berganmiz. Agarda yana muammolari bo‘lsa, biz to‘g‘irlab beramiz”, — deydi Azamat Toshonov.

    Foto: “Daryo”

    Azamat Toshonovning ma’lumot berishicha, uning rahbarligidagi qurilish tashkiloti ushbu hududda 2017-yil 5 ta, 2018-yil 5 ta — jami 10 ta uy qurgan.

    “Ba’zi xonadon egalari uyning ta’miridan ko‘ngli to‘lmay o‘zlari usta olib kelishdi. Kamchiligimiz bo‘lgan bo‘lsa, tan olib qurilish materiallarini berdik, hatto ustalarining xizmat haqini ham to‘ladik. Imkon qadar hech kimni norozi qilmaslikka harakat qilyapmiz”, — deydi quruvchi tashkilot rahbari.

    Mavzuga doir: “Ko‘zbo‘yamachilik”. Qashqadaryoda qurilishi boshlab yuborilgan 19 ta uy tender savdosiga qo‘yilib, talabgor quruvchi izlanmoqda

    Foto: “Daryo”

    Aholining qo‘shimcha qilishicha, hududda elektr toki ham muammo.

    Foto: “Daryo”

    “Bir kun ‘svet’ bo‘lsa, uch kun o‘chirib qo‘yishadi. Sababini so‘rasak, liniyada nosozlik kuzatilgan, deyishadi. Sal yomg‘ir yog‘sa ham bizda nosozlik yuzaga kelib, ikki-uch kunlab ‘svet’siz o‘tiramiz. Tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Erkin Pardayevga qancha murojaat qilmaylik, foydasi yo‘q”, — deydi Lobar Annayeva.

    Lobar Annayeva

    Lobar Annayeva
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, ushbu namunali uyda yashovchilarning aksariyati o‘qituvchilar bo‘lib, elektr tokidagi uzilishlar onlayn mashg‘ulot olib borishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    “Shu uyga ko‘chib kelganimizdan beri elektr toki bir maromda berilganini eslolmayman, — deydi Lobar Tursunova. — Sal yomg‘ir yog‘sa yoki shamol bo‘lsa, ‘svet’siz qolamiz. Eng yomoni bu holat ikki-uch kunlab davom etadi. Tuman elektr ta’minoti rahbariga muammoni aytsak, eshitgisi kelmaydi. Navbatchiga qo‘ng‘iroq qilsak, telefonga javob bermaydi”

    Ta’kidlanishicha, elektr tokidagi nosozliklar sabab televizorlar ham tez-tez kuyadi.

    Foto: “Daryo”

    Bu holatni eshitgan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Erkin Pardayev tumanda ikki-uch kunlab elektr toki bo‘lmasligini inkor qildi.

    “Buxoro va Sardobadagi voqealar sabab odamlar uysiz, ‘svet’siz yashayapti-ku. Nega bular nolishadi, tushunmayman. To‘g‘ri, oldin to‘rt-besh kunlab elektr tokini o‘chirib, tokni tejardik. Bugungi kunda bu holat yo‘q-ku. Har doim elektr toki bilan ta’minlashga harakat qilyapmiz”, — deydi Erkin Pardayev.

    Erkin Pardayevning aytishicha, Buxoro viloyatidagi voqealarga sabab bo‘lgan kuchli shamol paytida tumanda ham nosozliklar kuzatilgan. Ammo undan keyin bunday holat yuz bermagan.

    G‘uzorlik murojaatchilarning “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib ma’lum qilishicha, namunali uylarda 8-may kuni ham soat 13:30 dan 17:30 gacha elektr toki bo‘lmagan. Soat 17:30 da yongan chiroq yomg‘ir yog‘ishi natijasida 20:15 da yana o‘chgan. Tuman elektr ta’minoti korxonasi navbatchisi esa tarmoq nosoz ekanligini takrorlab, aholiga bu tarmoqdan elektr toki berilishi noto‘g‘ri ekanligini qo‘shimcha qilgan.

    09.05.2020, 20:30   Izoh (0)   34577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘stonliqda 33 yoshli ayol erini himoya qilaman deb ikki kishini pichoqlab qo‘ydi

    09.05.2020, 19:49

    Ikkinchi Jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan

    09.05.2020, 19:28

    Shavkat Mirziyoyev: Har uch o‘zbekistonlikdan biri qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan

    09.05.2020, 19:02

    Shavkat Mirziyoyev: Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi

    09.05.2020, 18:32

    Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda qurilgan shahar 2-perinatal markazini borib ko‘rdi

    09.05.2020, 18:22

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2349 nafarga yetdi

    09.05.2020, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.