Transfermarkt portali “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Mazkur terma jamoadan Mourinyoning asosan “Real” va “Chelsi”dagi sobiq shogirdlari o‘rin oldi. Ularning ba’zilari Joze bilan bir nechta klubda birga ishlagan.
Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Rikardu Karvalyu bo‘ldi. Himoyachi dastlab “Portu”da keyinchalik esa “Chelsi” va “Real”da vatandoshi qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 281 o‘yin o‘tkazgan.
Ramziy terma jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Petr Chex (195 o‘yin);
Himoyachilar: Paulu Ferreyra (207), Jon Terri (266), Rikardu Karvalyu (281), Serxio Ramos (137);
Yarim himoyachilar: Nemanya Matich (159), Xabi Alonso (151), Frenk Lempard (215);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (164), Mesut O‘zil (157), Didye Drogba (186).
Izoh (0)