Ispaniyaning AS nashri “Yuventus” klubining so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Undan “Yuventus”da hali ikki mavsum ham o‘ynamagan Krishtianu Ronaldu ham o‘rin oldi. Portugaliyalik futbolchi 2018-yilning yozida “Real”dan turinliklar safiga kelib qo‘shilgandi.
AS talqiniga ko‘ra “Yuventus”ning so‘nggi o‘n yillik ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Janluiji Buffon;
Himoyachilar: Shtefan Lixtshtayner, Jorjio Kyellini, Andrea Barzali, Aleks Sandro;
Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Andrea Pirlo, Arturo Vidal;
Hujumchilar: Paulo Dibala, Karlos Teves, Krishtianu Ronaldu.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)