UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi yetakchilari Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi ehtimoli haqida gapirdi.
“Yaqinlashib kelayotgan revansh? Men buni Habib va Konor o‘rtasidagi ikkinchi jang deb atagan bo‘lardim.
Makgregor bu jangni juda xohlamoqda, men ham buni ko‘rishni istardim”, — deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Unda rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda og‘ritish usulini qo‘llab Konorni taslim etgandi.
Aprel oyida Habib AQShda Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi belgilangandi, biroq koronavirus sabab mazkur sportchilar o‘rtasidagi bahs beshinchi marta bekor qilindi.
Avvalroq Habib kuzda Fergyuson—Getji juftligi g‘olibi bilan jang o‘tkazishi xabar qilingandi.
Izoh (0)