Ispaniyaning Marca nashri PSJ hujumchisi Neymarning xaridi parijliklarga qimmatga tushayotgani haqidagi faktlarni ma’lum qildi.
Neymarning transferiga PSJ 222 million yevro sarflagan, futbolchining yillik maoshi 37 million yevroni tashkil etadi, bu uch yilda 111 millionga teng bo‘ladi.
Shu kunga qadar Neymar uchun sarflangan umumiy mablag‘ 333 million yevroni tashkil etmoqda. 28 yoshli hujumchi PSJga kelganidan buyon jamoaning faqat 51% o‘yinida ishtirok etgan. Braziliyalik futbolchi 155 uchrashuvning 80 tasida qatnashgan, xolos. Shu tariqa Neymar ishtirokidagi har bir o‘yin PSJga 4,16 million yevroga tushmoqda.
Neymar 2017-yilning yozida “Barselona”dan sotib olingandi. Koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan Fransiya chempionatining joriy mavsumida futbolchi 15 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urishga erishdi.
Mavzuga doir: PSJ — Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi. “Lion” 23 yildan beri ilk bor Yevrokuboklarsiz qoldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)