Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Donald Serrone 9-maydan 16-mayga qadar kechadigan Jeksonvilldagi (AQSh, Florida shtati) UFC musobaqalari haftaligida uchta jang o‘tkazmoqchi.
“Oktagonga chiqib, Entoni Pettisni mag‘lub etishga tayyorlanyapman. Jangdan keyin shunday deyman: “Hoy Deyna Uayt, chorshanba kungi jangga to‘g‘ri keladigan birorta nomzoding bormi? Bu bu yerda qolishni istayman”.
Bir hafta ichida uchta jang o‘tkazgan ilk yakkakurashchi bo‘lishni istayman”, — deydi Serrone.
Ma’lumot uchun, Serrone 9-may kungi UFC 249 musobaqasida Entoni Pettisga qarshi jang qiladi. Mazkur kechaning asosiy to‘qnashuvi yengil vazn vakillari Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.
Eslatib o‘tamiz, “Kovboy” yanvar oyida Konor Makgregorga qarshi jang qilgan va ilk raunddayoq nokautga uchragan edi.
Izoh (0)