O‘zbekistonda 29-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 33 kishiga ko‘payib, 2002 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq 29-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga ko‘payib, 1969 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etish joiz, 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni (992 nafar) ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar sonidan (939 nafar) oshib ketdi. 29-aprel soat 23:00 holati bo‘yicha sog‘ayganlar soni (1096 nafar) bemorlar sonidan (898 nafar) ko‘proq.
Izoh (0)