Daryo

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi

O‘zbekistonda 28-aprel, seshanba kuni, koronavirus infeksiyasidan 100 nafar bemor butunlay sog‘aydi

1 daqiqa o‘qish338 042 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”/Madina Nurman

O‘zbekistonda 28-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 1939 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi. Shu tariqa koronavirusdan sog‘ayganlar soni 992 nafarni tashkil etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 992 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Ayni vaqtda 939 bemor kasallikdan davolanmoqda.

Foto: SSV

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar