Amerikalik astronom Edvin Xabbl nomidagi kosmik teleskop koinotga uchirilganiga 30 yil to‘ldi, deb xabar beradi NASA.
“Xabbl” teleskopi 1990-yil 24-aprelda Discovery STS-31 shattlida hisob orbitasiga olib chiqilgan.
NASA teleskop ish boshlaganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan qurilma tomonidan olingan yangi suratni taqdim etdi: “Xabbl” Katta Magellan bulutlaridagi (“Somon yo‘li” galaktikasining tabiiy yo‘ldoshlari) NGC 2014 va NGC 2020 tumanligini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Teleskop faoliyati davomida unda 1,4 million marotaba kuzatishlar amalga oshirilgan, “Xabbl”da olingan ma’lumotlar 17 ming ilmiy maqolalarda foydalanilgan. 2018-yilda NASA “Xabbl” yana 10 yil ishlay olishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: “Xabbl” teleskopi siz tug‘ilgan kunda nimani kuzatgan? NASA’ning yangi servisi buni bilish imkoniyatini taqdim etadi
Izoh (0)